Gender tengligi

Gender tengligi va xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish

BMTTD gender tengligi hamda xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish barqaror rivojlanishga erishish yoʻlida muhim ahamiyatga ega ekanini tan oladi. Gender tengligi - tinch, farovon va barqaror dunyo uchun asos boʻladigan inson huquqlaridan biridir. U 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish kun tartibining asosiy tarkibiy qismi boʻlib, Barqaror rivojlanish maqsadlarining 45 ta maqsadli va 54 ta genderga xos koʻrsatkichlarida oʻz aksini topgan. Gender tengligiga erishish va gender tafovutlarini tugatish barcha BRMlar kesimida multiplikator effektini yaratadi va ularga erishishni jadallashtiradi.

Faoliyat koʻlami

BMTTDning gender tengligini taʼminlashga boʻlgan sodiqligi uning Oʻzbekistondagi barcha faoliyat sohalarida gender tamoyillarini joriy etishida yaqqol namoyon boʻladi. BMTTD rivojlanish jarayonidagi yetakchi va faol ishtirokchilar sifatida xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, hokimiyat dinamikasi, munosabatlari va tuzilmalariga doir asosiy masalalarni hal qilishga intiladi. Oʻzbekiston hukumati, fuqarolik jamiyati, mahalliy hamjamiyatlar, xususiy sektor va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish orqali BMTTD yanada inklyuziv va barqaror dunyoni barpo etishni maqsad qilgan.

Oʻzbekistonda gender tengligini taʼminlash hamda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish sohasida tizimli va transformativ oʻzgarishlarni ilgari surish maqsadida, BMTTD asosiy eʼtiborni quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga qaratadi:

  • Xotin-qizlarning siyosiy va iqtisodiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish uchun gender tarafkashlik va stereotiplarni oʻzgartirish;
  • Siyosatni ishlab chiqish uchun gender kesimida ajratib koʻrsatilgan maʼlumotlar va tahlillar tizimini takomillashtirish;
  • Inklyuziv bandlik va munosib ish imkoniyatlarini yaratishni ilgari surish;
  • Gender asosidagi zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi javob choralarini koʻrish;
  • Gender jihatlar hisobga olingan raqamli va yashil oʻtishni targʻib qilish; va
  • Oʻzbekistonda davlat muassasalari uchun “Gender tenglik nishoni”ni joriy etish orqali davlat organlarida gender tengligini taʼminlash. Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekistonda ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlagan birinchi davlat muassasasi boʻldi.
  • Qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish, xabardorlikni oshirish va yetakchi ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish orqali gender jihatdan notoʻgʻri boʻlgan stereotiplarga qarshi kurashish;
  • Xotin-qizlarning bandlik imkoniyatlarini kengaytirish, shu jumladan STEM (fan, texnologiya, muhandislik yoki matematika) tashabbuslarini ilgari surish orqali ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari va imkoniyatlarini yaxshilash; va
  • BMTning Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiyasi (CEDAW) qoidalariga muvofiq, maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish metodologiyalarini ishlab chiqish va buning uchun maxsus raqamli vositalarni yaratish orqali ayollarning jamoat va ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi ishtiroki, gender asosidagi zoʻravonlik toʻgʻrisidagi gender kesimida ajratib koʻrsatilgan maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va muntazam monitoring qilish tizimini takomillashtirish.