BMT Taraqqiyot Dasturi va Yaponiya O‘zbekistonda dekarbonizatsiya loyihasini ishga tushirdi
18-June, 2025
Toshkent, 2025-yil 18-iyun — O‘zbekistonda issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va maktablar, kasalxonalar hamda jamoat transportida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi loyiha boshlandi. Ushbu tashabbus Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi (BMT Taraqqiyot Dasturi) tomonidan Yaponiya hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Loyiha o‘ta issiq va sovuq havo tufayli yuzaga keladigan energetika inqirozlariga qarshi kurashishga qaratilgan bo‘lib, mamlakat infratuzilmasini iqlim o‘zgarishlariga chidamliroq qilishga yordam beradi.
Loyiha nimani ta’minlaydi?
- Energiya tejamkor maktablar, kasalxonalar va bog‘chalar. Binolarda issiqlik izolyatsiyasi, energiya tejovchi derazalar, issiqlik nasoslari va quyosh panellari o‘rnatiladi, bu energiya sarfini kamaytiradi va yil davomida qulay sharoit yaratadi.
- CO₂ chiqindilari va havo ifloslanishining kamayishi. Toza texnologiyalardan foydalanish va qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramlikni kamaytirish uglerod izini kamaytiradi va shahar va qishloqlarda havo sifatini yaxshilaydi.
- Issiq va sovuqda qulaylik. Zamonaviy isitish va sovutish tizimlari fasldan va ob-havo anomaliyalaridan qat’i nazar.
- “Yashil” transportni qo‘llab-quvvatlash. Elektr transporti, zaryadlash infratuzilmasi va yo‘nalishlar bo‘ylab havo ifloslanishini monitoring qilish bo‘yicha pilot yechimlar joriy etiladi.
- Yaponiyadan investitsiyalar va texnologiyalar. Birgalikda kreditlash mexanizmi (JCM) orqali Yaponiya moliyasi, texnologiyalari va tajribasi jalb qilinadi, bu muvaffaqiyatli yechimlarni mamlakat bo‘ylab kengaytirish uchun sharoit yaratad.
Nima uchun bu muhim?
Mamlakat energiya tizmi o‘ta ob-havo davrlarida muntazam ravishda ortiqcha yuklanadi. Samaraliroq infratuzilma qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramlikni kamaytiradi, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni pasaytiradi va odamlarning hayot sifatini yaxshilaydi.
Xalqaro hamkorlik
Loyiha Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi Parij kelishuvi doirasidagi bitimga asoslanadi. U mamlakatning 2030-yilga qadar chiqindilarni 35% ga kamaytirish va “toza” energiya ulushini 25% ga oshirish maqsadlarini amalga oshirishga hissa qo‘shadi.
“Bu loyiha nafaqat ekologiya bilan bog‘liq. Bu qulaylik, sog‘liq va barqaror kelajak haqida,”— deya ta’kidladi BMT Taraqqiyot Dasturi va Energiya samaradorligi agentligi vakillari.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Otabek Murodov, Loyiha rahbari, tel: (93) 550 32 42
___________
Ma’lumot uchun: BMT Taraqqiyot Dasturi barcha ijtimoiy qatlamdagi odamlar bilan hamkorlik qilib, inqirozlarga bardosh bera oladigan sharoitlar yaratishga yordam beradi, shuningdek, hamma uchun hayot sifatini yaxshilaydigan o‘sishni rag‘batlantiradi va qo‘llab-quvvatlaydi. 177 mamlakat va hududda biz global nuqtai nazar va mahalliy tushunchalarni taklif qilamiz, bu esa odamlarga imkoniyatlar yaratish va mustahkam davlatlar qurishga yordam beradi. uz.undp.org.
Biz bilan bog‘laning: UNDP Uzbekistan on Twitter | on Facebook |
Qo‘shimcha ma’lumot: Our work | UNDP Uzbekistan News |