O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasi uchun BMTning Inson xavfsizligi bo‘yicha Ko‘psheriklik Trast fondi moliyalashtirayotgan Qo‘shma dasturning natijalari Taxtako‘pir tumanida namoyish etildi
Biznes-g‘oyalarni ilgari surish, atrof muhitni yaxshilash
11-May, 2022
Fotorasm: BMTTD O'zbekiston
“Bugun men Taxtako‘pir tumani bozoriga chiqish, bizning sovunni boshqa aholi turar joylariga yetkazish, hamda Qozog‘istondagi qo‘shni hamjamiyatlardan buyurtmalarni olishdek imkoniyatga muyassar bo‘ldim”, - deydi mehmonlarni qutlar ekan Aruxan Seytmuratova, xo‘jalik sovunini ishlab chiqarish korxonasi rahbari.
Fotosurat: Aruxan Seytmuratova va uning qizi Xurliman / BMTTD O'zbekiston
“O‘g‘lim oilaviy biznesimizni boshlashga menga rag‘bat berdi. U universitetga o‘qishga kirdi, ammo men ishsiz bo‘lganim sababli uni kontraktini to‘lash oson bo‘lmasligi tushundim. Shunday qilib, mustaqil ravishda bozorni o‘rganish g‘oyasi paydo bo‘ldi”, - deya bugungi kunda shaxsiy kichik nonvoyxonasiga egalik qilayotgan Jalgasbay Uteniyazov o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Fotosurat: Jalgasbay Uteniyazov / BMTTD O'zbekiston
2019–2021 yillarda BMTTD O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasi uchun BMTning Inson xavfsizligi bo‘yicha Ko‘psheriklik Trast fondining moliyaviy ko‘magida barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ko‘mak berish orqali Orolbo‘yi mintaqasida inson xavfsizligining muhim muammolarini hal qilishga yo‘naltirilgan Qo‘shma dasturni amalga oshirdi. Bugun biz nafaqat o‘z oilalariga foyda keltirayotgan, balki hamjamiyatlar, qo‘shni tumanlar va butun mintaqa farovonligiga hissa qo‘shayotgan benefitsiarlarimiz muvaffaqiyatlari va yutuqlarini ilhombaxsh qissalari orqali tinglashdan mamnunmiz.
O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasi uchun BMTning Inson xavfsizligi bo‘yicha Ko‘psheriklik Trast fondining namunali loyihalari bilan tanishish maqsadida Yevropa Ittifoqi, unga a’zo davlatlar, O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasining hukumat muassasalarining 30 nafardan ortiq vakillaridan iborat bo‘lgan delegatsiyaning 2022 yilning 28-30 aprel kunlaridagi Qoraqalpog‘istonga rasmiy tashrifi muvaffaqiyatlar sharafiga minnatdorchilik so‘zlariga boy bo‘ldi.
30 aprel kuni hay’at a’zolari Taxtako‘pir tumanidagi o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha Davlat qo‘mitasining departamentida bo‘lishdi, u yerda ham Dastur ko‘magida amalga oshirilgan ba’zi namunaviy loyihalarning faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi. BMTTD 2020 yilda o‘tkazgan ehtiyojlarni baholash natijasiga ko‘ra O‘rmon xo‘jaligi davlat departamenti o‘z faoliyatini yaxshilash, o‘rmonlar hududini kengaytirish, ko‘chatzorlarni yaratish va Orol dengizining qurigan tubidagi o‘rmonlashtirish jarayonlariga ko‘mak berish maqsadida 17 turdagi texnika va uskunalarni oldi. O‘rmonlashtirish bilan shug‘ullanish o‘rmon xo‘jaligi departamenti ishchilarini daromadlarini oshishiga olib keldi. Undan tashqari, O‘rmon xo‘jaligi tomonidan mahalliy aholidan qo‘shimcha tarzda 12 nafar xodimlar jalb etildi, ular ham ishchilarni salohiyatini oshirish bo‘yicha Qo‘shma dasturning seminarlari doirasida o‘qitildi.

Rasm: Ish joylarida, chodirlarda, ko‘chma uylarda yangi mahsulotlarni tayyorlash imkoniyatlarini paydo bo‘lishi tufayli O‘rmon xo‘jaligi ishining samaradorligi va xodimlar salomatligi sezilarli darajada yaxshilandi. Boz ustiga, o‘rmon xo‘jaligining 100 nafar xodimlari o‘rmonlashtirishning innovatsion usullariga o‘qitildi.
Jalgasbay Uteniyazov, “Uteniyazov Jalgasbay” XK oilaviy nonvoyxonasi boshlig‘i bugungi kunga kelib muvaffaqiyatli biznesmenga aylandi. Ammo, 2020 yilni eslar ekan, har doim ham shunday bo‘lmaganini qayd etmoqda. Jalgasbay – to‘rtnafar o‘g‘ilning otasi. Ishsiz qolganidan so‘ng, u oilani boqish oson kechmasligi va o‘g‘illaridan birining universitetdagi o‘qishining to‘lovini amalga oshirish qiyin bo‘lishini tushunardi. Mahalliy nonvoylarga buxgalterlik xizmatlarini taqdim etish tajribasiga ega bo‘lishi orqali u o‘z tumanida yana bir nonvoyxonaga ehtiyoj borligini tushunish uchun bozorni o‘rgandi va BMTTD tomonidan Qoraqalpog‘istonda e’lon qilingan biznes-tashabbuslar tanlovida ishtirok etish uchun ariza berdi. Jalgasbayning Biznes-rejasi tanlov komissiyasi tomonidan qabul qilindi va tadbirkor o‘z biznesini ishga tushirish uchun texnik ko‘makni oldi. Bugungi kunda Jalgasbay non mahsulotlarining qariyib 320 turini ishlab chiqarmoqda. Qo‘shimcha tarzda u ishni yanada unumli qilish uchun uch nafar odamni ishga qabul qildi.
Seytmurat Davletov ham o‘z tumanidagi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shayotgan yutuqlari bilan juda ham fahrlanadi.
Fotosurat: Seytmurat Davletov, sutni qayta ishlash bo‘yicha bo‘linma texnologi / BMTTD O'zbekiston
“Bizning fermer xo‘jaligimiz sutni faqat mahalliy bozorga yetkazib bergan. Keyinchalik esa BMTTD e’lon qilgan bines-loyihalar tanlovida g‘olib bo‘ldik va sutni qayta ishlash hamda sut mahsulotlarini ishlab chiqish uchun zamonaviy texnologiyalarni oldik”, - deydi Seytmurat. Bugun sutni qayta ishlash sho‘ba korxonasi suzma, qaymoq, yogurt va boshqa sut mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda va ular tashrif buyurgan delegatsiya a’zolariga namoyish etildi.
Aruxan Seytmuratova COVID-19 pandemiyasi tufayli doimiy daromad manbaidan ayrilganlar orasida edi. Lekin qo‘llar gigiyenasi tashviqoti uni sovun ishlab chiqarish bo‘yicha oilaviy biznesni tashkil qilishga turtki berdi.
“Pandemiya yo‘nalishni tanlashda ko‘makchi bo‘ldi. U boshlangan vaqtda xo‘jalik sovuniga katta talab bo‘lishini tushunib yetdik, chunki qo‘llarni doimo tozalikda saqlash va dezinfeksiya vositalarini ishlatish zarurati yuzaga keldi”, - deydi Aruxan. Hozirda “Xurlimann-Aru-Taxta” ishlab chiqarish sho‘basi har kuni 600 donadan ko‘proq xo‘jalik sovunini ishlab chiqaradi. Aruxan Seytmuratova tashabbusi 3 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash imkonini berdi.
Fotosurat: "Xurliman-Aru-Taxta" tsexi har kuni 600 dona xo‘jalik sovunini ishlab chiqaradi / BMTTD O'zbekiston
Mahsulotining keng turli taqdim etilgan Ulbolsin Annabaeva stendi oldidagi uchrashuv juda ham samimiy ruhda o‘tdi. 2018 yilda u Qo‘shma dasturning ko‘magini oldi va o‘zining tuya junini qayta ishlash bo‘yicha “Rano Sheber” shaxsiy ishlab chiqarish korxonasini kengaytirdi. Bu yerda eng zamonaviy uskunalardan foydalangan holda tuya junidan ko‘rpa-yostiqlar, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Boz ustiga, pandemiya vaqtida u Taxtako‘pir aholisi va Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligiga yordam berish maqsadida yuz uchun niqoblarni tikishni boshladi. Uning korxonasi nafaqat Qoraqalpog‘istonda, balki qo‘shni davlatlarda ham taniqli.
Asalchilik kooperativi “Zulayxa-Asalshi”ning rahbari Katshaxan Baymurzayeva eng shirin va foydali eksponatlarni taqdim etdi. U Dasturning qo‘llab-quvvatlovi orqali endilikda o‘z jamoasi odamlariga sog‘lom bo‘lishlariga yordam berayotganidan va har bir xonadonning dasturxonida uning shiringina asali albatta borligidan baxtli ekanini aytib o‘tdi.
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston
Taxtako‘pir tumanida ishsizlikning rasmiy darajasi 6,3 foizni tashkil etadi. Bir vaqtni o‘zida, aholining iqtisodiy faol qismini 32,7 foizdan ko‘prog‘i mavsumiy ishlarni bajarib, beqaror daromad olmoqdalar. Qo‘shma dasturni amalga oshirish natijasida 13ta biznes-loyiha texnik ko‘makni oldi, 50dan ortiq ish o‘rni yaratildi, 120 nafarga yaqin ayollar, yoshlar va fermerlar vakillari tadbirkorlik, chorvachilik, yem va sut ishlab chiqarishdagi ishlab chiqarish-sotish zanjirini tashkil qilish sohalarida o‘zlarining salohiyatlarini oshirdilar, 198 nafar kasb mutaxassislari turli yo‘nalishdagi sayyohlik sanoatini rivojlantirish ko‘niqmalariga o‘qitildi.
BMTTD Dasturi O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasi uchun BMTning Inson xavfsizligi bo‘yicha Ko‘psheriklik Trast fondining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilgan faoliyatida ehtiyojmand hamjamiyatlarning iqtisodiy havfsizligini mustahkamlashga katta e’tibor qaratdi. Dasturning tashabbuslari biznesni olib borish va rivoljlantirish uchun yangi sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish, namunaviy jamiyatlarda istiqomat qiluvchi ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan edi.
