BMTTD “STRIVE Asia” loyihasi Nodavlat va notijorat tashkilotlar (NNT) uchun zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurashish va uni oldini olish sohasidagi loyihalarga grant taqdim etish uchun tanlov e’lon qiladi.
Maqsad – O‘zbekistondagi Nodavlat va notijorat tashkilotlarning zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurashish va uni oldini olish, hamda fuqarolarni jamiyatga reintegratsiya qilish masalalari yuzasidan faoliyatlarini qo‘llab quvvatlash.
Kimlar ishtirok eta oladilar:
O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan mahalliy NNTlar, shu jumladan ayollar va yoshlarga oid tashkilotlar (ularning nizomida nazarda tutilgan maqsad va vazifalar grant loyihasi mavzusiga mos kelishi lozim).
Arizalarni topshirish tartibi:
1. Tegishli arizani ko‘chirib oling (bu yerdan);
2. Ko‘chirilgan arizani to`liq to`ldirib, NNTning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi bilan birga striveasiagrants@gmail.com elektron manziliga yuboring.
Arizalar 2022 yilning 15 yanvariga qadar qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ushbu raqamga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: +998887000448
