Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi (BMTTD) samarador va moslashuvchan davlat tizimlari, kelajakdagi chaqiriqlar va imkoniyatlarga tayyor bo‘lgan insonlar hamda inklyuziv yashil iqtisodiyotga asoslangan zamonaviy, farovon va demokratik jamiyat qurishda O‘zbekistonga ko‘maklashish vazifasini o‘z zimmasiga olgan.
BMTTD dasturlariga hissa qo‘shayotgan donorlarning soni va xilma-xilligi milliy hukumat hamda xalqaro va mahalliy hamjamiyatning barqaror rivojlanishi uchun tanlagan hamkor sifatidagi rolimizga ishonchini tasdiqlaydi.
Hisobdorlik - ishning kelishilgan qoidalar va standartlarga muvofiq amalga oshirilganligini ko'rsatish va tasdiqlangan maqsadlar va/yoki rejalarga muvofiq ish natijalarini adolatli va to'g'ri hisobot berish majburiyati.
BMT Taraqqiyot Dasturi O‘zbekiston Respublikasi hukumati va tegishli vazirlik hamda idoralar, shuningdek, qator milliy nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), ya’ni Global maqsadlar, 2015-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan kambag‘allikka barham berish, sayyorani asrash hamda 2030-yilga borib barcha insonlar tinchlik va farovonlikdan bahramand bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan umumiy chaqiriq sifatida qabul qilingan.
2022–2025-yillarga mo‘ljallangan Strategik rejamiz #NextGenUNDP yondashuvining #FutureSmartUNDP sari rivojlanishini taqdim etadi. Bu shunchaki shior emas, balki taraqqiyot kelajagida muvaffaqiyatni o‘lchash uchun yangi mezonimizdir. BMT Taraqqiyot Dasturining 170 mamlakatdagi 50 yillik tajribasiga tayangan holda, ushbu yangi yondashuv mamlakatlar ehtiyojlari eng yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga e’tibor qaratish va ustuvorliklarni belgilash imkonini beradi.
Biz barqaror rivojlanish, inklyuziv boshqaruv va kambag‘allikni qisqartirish sohalarida yangi bilim va amaliyotlar chorrahasida, o‘ziga xos salohiyat va pozitsiyaga ega holda faoliyat yuritamiz.
BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasidan so'nggi yangiliklar