Yevropa Ittifoqi va BMTTD qoʻshma loyihasi jamoasining masofadan olib borayotgan faoliyati

Hozirda biz global pandemiya tufayli insonlar masofadan turib ishlaydigan va “Har doim aloqada” boʻlib turadigan davrda yashayapmiz. Aqlli qurilmalar bizga koʻchada boʻlsak ham elektron pochta xabarlarini tekshirish va uyda oʻtirib uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish imkonini beradi.

Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar qayerdan ishlayotganimizga ham sezilarli taʼsir koʻrsatdi va hozirda koʻplab tashkilotlar masofadan yoki uydan turib ishlash imkoniyatini taklif qilmoqdalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi, Davlat xizmatlari agentligi va Oʻzbekistondagi BMTTDning “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi masofadan turib ishlash boʻyicha oʻz tajribasi asosida infografika tayyorladi. Ushbu infografikada biz uydan turib ishlash bilan bogʻliq baʼzi maʼlumotlarni koʻrsatib berishga harakat qildik. Bundan maqsad, xodimlarni ham, ish beruvchilarni ham, masofadan turib ishlashning afzalliklari toʻgʻrisida xabardor qilish, qolaversa, bu jarayonda kishilarga zarur boʻlgan shaxsiy fazilatlar va koʻnikmalarni oʻrgatishdan iboratdir.

Yuklab olish