O‘zbekistonda sovitish va havoni konditsionerlash sohasida energiya samaradorligini oshirish salohiyati

O‘zbekistonda sovitish va havoni konditsionerlash sohasida energiya samaradorligini oshirish salohiyati

27-April, 2022

Sovitish va havoni konditsionerlash (SHK) sektorida energiya samaradorligi SHK uskunalarining energiya sarfini yaxshilash va mamlakatda ushbu yo'nalishda energiya tejamkor texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, BMTTD hamda GEJning «O'zbekistonda global isish salohiyati past va ozonni yemirish qobiliyati bo'lmagan energiya samarador texnologiyalarni joriy etish orqali GXFU ni butunlay iste'moldan chiqarish» qo'shma loyihasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining EIK Muntazam Texnik hamkorlik dasturi (UNECE Regular Programme of Technical Cooperation) bilan hamkorlikda, Oʻzbekistonni SHK sektorida elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish va Parij kelishuvi boʻyicha majburiyatlarga erishish boʻyicha qoʻllab-quvvatlovchi tematik tadqiqot o’tkazdi.

Tadqiqotning asosiy maqsadi - turar-joy sektorida energiya iste'molini o'rganish, sovitish va havoni konditsionerlash sektorida energiya samaradorligini tahlil qilish, energiya samaradorligini oshirish va uglerod chiqindilarini kamaytirishning texnologik variantlarini aniqlash, O'zbekiston Respublikasida energiya samaradorligini va sanoat dekarbonizatsiyasini qo'llab-quvvatlash bo'yicha muvaffaqiyatli biznes modellari va siyosatlarini aniqlash.

Iqtisodiy tahlil shuni ko'rsatdiki, GXFU ni iste'moldan chiqarish va GFU ni bosqichma-bosqich to'xtatish dasturlarida energiya samaradorligini tatbiq etgan mamlakatlar iste'molchilar uchun tejamkorlik yaratishi va energiya sarfini kamaytirish orqali havo ifloslanishi va uglerod chiqindilarini kamaytirishi, ishlab chiqaruvchilarga qayta jihozlash va ta'mirlash bo'yicha investitsiyalarni oqilona rejalashtirish imkonini beradi.