Infografika: Biz Orol dengiziga qanday yordam bera olamiz?

Infografika: Biz Orol dengiziga qanday yordam bera olamiz?

13-February, 2023

Orol dengizi 50 yil mobaynida o’zining 90% maydonini yo’qotgani haqida ma’lumotga egamisiz? Oqibatda, insonlar va tabiat qanday zarar ko’rmoqda bu haqida nimalarni bilasiz?

Biz BMTTD,UNFPA va FAOning “Orolboʻyi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish” Qo’shma dasturimizning asosiy maqsadi ham ushbu zararlarni kamaytirish va insoniyatni bu fojeaga befarq bo’lmasliklariga chaqirishdan iboratdir. Ushbu ma’lumotnomada Orol dengizining hozirgi holati, fojea oqibatlari va loyihamizning maqsadi qisqacha berilgan bo’lib, siz qanday yordam bera olishingiz haqida ham bilib olasiz.

Ushbu ma’lumotnomani yuklab oling, do’stlaringiz bilan ulashing va atrof-muhitimizning yaxshilanishi uchun o’z hissangizni qo’shing.