Elektrobuslarni sotib olish, tasarruf etish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘llanma

Elektrobuslarni sotib olish, tasarruf etish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘llanma

3-November, 2025

Ushbu qo‘llanma BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining “Toshkent – kam uglerodli transportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish (TAILEV)” loyihasi doirasida Global ekologik Fond (GEF) ko‘magida ishlab chiqilgan.

Ushbu hujjat jamoat transporti operatorlari, shahar ma’muriyatlari, mahalliy hokimlik organlari, qaror qabul qiluvchilar va elektrobus parklariga o‘tish bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun keng qamrovli qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Unda avtobus parkini elektrlashtirishning muhim bosqichlari, jumladan, uglerod chiqindilarini kamaytirish, shahar havosi sifatini yaxshilash va foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan xarid qilish, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishning tizimli tavsifi keltirilgan.

Qo‘llanmada ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro tashkilotlarning fikrlari va turli tadqiqotlar natijalari, shuningdek, Toshkent shahrida elektrobuslarni xarid qilishdan olingan saboqlar asos qilib olingan. Ushbu birlashtirilgan ma’lumotlar taqdim etilgan ko‘rsatmalarning ham global, ham mahalliy ahamiyatga ega ekanligini ta’minlaydi va elektrobuslarining jamoat transporti tarmoqlariga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini qo‘llab–quvvatlaydi.

Bundan tashqari, ushbu qo‘llanma Toshkent shahriga elektrobuslarni joriy etishning kengroq ta’sirini baholab, dizel yoqilg‘isidan elektr transport tizimlariga o‘tishning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy afzalliklari haqida dalillarga asoslangan ma’lumotlarni taqdim etadi.

Regions and Countries
Sustainable Development Goals