Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha ko‘p tomonlama yo‘l xaritasi

Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish boʻyicha ko’p tomonlama yoʻl xaritasini samarali amalga oshirishga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash (EF).

Loyihaning maqsadi:

Orolboʻyi mintaqasi BMTTDning SDG integratsiyasi tashabbusi doirasida ustuvor yoʻnalish sifatida tanlab olindi va anʼanaviy yondashuvga qarshi turuvchi murakkab rivojlanish muammolarini hal qilish usullarini ishlab chiqmoqda va taqdim etmoqda. Bunga O‘zbekiston hukumatining Qoraqalpog‘iston aholisini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaga investitsiyalarni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqishga qiziqishning yangidan ortishi sabab bo‘ldi, bu esa uning aholisi uchun transformatsion o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. BMT Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilgan Maxsus rezolyutsiyasi bu jarayonga zarur turtki berdi. Mazkur rezolyutsiyani amalga oshirish uchun BMTTD “Ko’p tomonlama yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda hukumatni qo‘llab-quvvatladi. Shunga ko‘ra, joriy loyiha mazkur “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishda keyingi texnik yordam ko‘rsatishga qaratilgan.

Asosiy maqsadlar:

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi tizimli fikrlash yondashuvida erishgan sur’ati va pozitsiyasini saqlab qolish va mavjud imkoniyatlardan foydalanish uchun loyiha quyidagi asosiy maqsadlarga ega:

  • Resurslarni safarbar qilish: “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish doirasida rivojlanish bo‘yicha hamkorlar, XMT bilan hamkorlik qilish va muqobil moliyalashtirishni o‘rganish;
  • Hamkorlikni muvofiqlashtirish: BMTTDdan MPTF Maslahat Kengashiga ko’rsatilayotgan amaliy yordamni kuchaytirish
  • Orolbo‘yi mintaqasi bo’yicha portfelni rivojlantirish: nafaqat vertikal fondlar (tayyorgarlik grantlari bilan), balki XMT va boshqa hamkorlar uchun ham loyiha takliflarini ishlab chiqishda texnik yordam ko‘rsatish.

Kutilayotgan natijalar:

  • Intervensiyalar portfelini yanada yaxlit tarzda ishlab chiqish uchun milliy hamkorlarning imkoniyatlarini oshirish; shuningdek, Orolbo’yi mintaqasi bo’yicha portfel boshqarishda va monitoring qilishda tizimli fikrlashni qo'llash
  • Mintaqaning kompleks rivojlanishini qo'llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan ustuvor chora-tadbirlar portfeli va BMTTDning istiqbolli loyihalari portfeli aniqlansh.
  • BMTTDning MPHSTF Maslahat Kengashiga sezilarli hissa qo'shishi ta'minlash.

Impact

START DATE

October 2021

END DATE

December 2023

STATUS

Completed

PROJECT OFFICE

Uzbekistan

IMPLEMENTING PARTNER

United Nations Development Programme

DONORS

UNITED NATIONS DEVELOPMENT PROGRAMME

TOTAL CONTRIBUTIONS

$290,798

DELIVERY IN PREVIOUS YEARS

2022$59,202

2023$61,635

2024$-11,672

Full Project information