Qoraqalpog'istonning chekka aholi punktlari elektr energiya bilan ta'minlandi

7-August, 2020

Image: UNDP Uzbekistan

Kundalik hayotimizning barcha jabhalarida, shu jumladan qulaylik yaratish va ehtiyojlarni qondirish uchun uzluksiz elektr energiyasi talab qilinadi. Bu degani uzluksiz elektr ta’minoti  yo'qligi odamlarning farovonligi, turmush sharoitlari va imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Elektr ta'minotining uzilishi Qoraqalpog'istonning chekka aholi punktlarida kundalik muammo bo'lib, fuqarolar uchun noqulayliklar tug'dirardi. Shu sababli BMTTD / YuNFPAning ushbu muammolarni hal qilish uchun Orolbo'yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo'yicha mazkur Qo'shma Dasturimiz o'z ishini boshladi.

 Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan dasturimiz Orolboʻyi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda sog’liqni saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash” faoliyati doirasida Qoraqalpog'istonning ishchi hududlarida ijtimoiy infratuzilmalar bilan bog'liq muammolarni aniqlash bo'yicha masofaviy seminarlar o'tkazildi. Bo'zatau, Chimboy va Karauzyak tumanlaridagi jamoatchilik vakillari bilan o'tkazilgan muhokamalardan so'ng, asosiy muammolardan biri uzluksiz elektr ta'minoti ekanligi aniqlandi.

Xususan, Bozatau tumanidagi "Saransha", "Kalenaul", Chimboy viloyatining "Xolmurat Tope", "Tak-jap" va Karauzyak tumanidagi "Akpolat", "Karamoyin" va "Turkmanul" aholi punktlarida eskirgan transformatorlar va o’sib borayotgan aholi soni to’xtovsiz energiyasiga to’siq bo’layotgani ta’kidlab o’tildi.

Qoraqalpog'istonning uchta tumanida aniqlangan kamchiliklarga javoban Qo'shma Dastur har bir hudud uchun 250 kVt quvvatga ega yettita elektr transformator uskunalarini yetkazib berdi. Tuman elektr ta'minoti uchun ma’sul idoralar transformatorlarni o'rnatish, ularni elektr tarmog'iga ulash va ularning atrofida xavfsizlik eshiklarini o'rnatish uchun javobgarlikni o'z zinmalariga oldilar. Shunday qilib, endi 2500 nafar qishloq aholisi har qanday vaqtda elektr ta'minotining uzilishi haqida tashvishlanmaydi.

Yaqin kelajakda Qo'shma Dastur Chimboy tumanida istiqomat qilayotgan aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlashga yordam beradi va ushbu hududdagi o'rta maktabning filial binosini qayta tiklash orqali Bo'zatau tumanida ta'lim infratuzilmasini yaxshilaydi.