O'zbekistonda ob-havo xizmatlarni rivojlantirish va ko'p xavfli erta ogohlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyiha

30-November, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

2022 yil avgustdan noyabrga qadar Namangan, Farg’ona, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida o’tkazilgan umumiy seminarlar "O'zbekistonda iqlim o'zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavfli tabiiy hodisalarga nisbatan hamjamiyatlarning chidamliligini oshirish uchun kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish" loyihasi bilan ishtirokchilarni tanishtirib va ushbu loyiha gidrometeorologik kuzatuv hizmatlarini milliy tizimini takomillashtirish va ko'p xavfli erta ogohlantirish tizimini rivojlantirishga qanday hissa qo'shishi mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berdi. 

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Tabiiy ofatlarning oldini olish va ekologik xavf oqibatlarini yumshatishga qaratilgan harakatlar mahalliy, mintaqaviy va xalqaro darajada kompleks yondashuvni talab qiladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV), Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) “O'zbekistonda iqlim o'zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavfli tabiiy hodisalarga nisbatan hamjamiyatlarning chidamliligini oshirish uchun kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish” qo‘shma loyihasi O‘zgidrometning texnik imkoniyatlarini va FVV tomonidan amalga oshirilayotgan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishning umumiy tizimini takomillashtirish va kengaytirish orqali ushbu maqsadlarga erishishni maqsad qilgan. Seminarlarda barcha manfaatdor tomonlar va viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tabiiy ofatlarga qarshi kurash organlarining vakillari hamda shu soxadagi boshqa davlat tashkilotlarining xodimlari loyiha maqsadlari va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uzoq muddatda olib keladigan barcha foydaliklar bilan tanishtirildi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Seminarlar davomida FVV va O‘zgidromet vakillari hamda loyiha xodimlari loyihaning maqsadlari va kutilayotgan natijalar, shu jumladan loyihaning umumiy maqsadlari va asosiy faoliyatini tushuntirib taqdim etganlar. Tadbirning dasturi faqat loyihaning taqdimoti bilan cheklanib qolmagan, balki ishtirokchilarga loyiha rejalari va amalga oshirish strategiyalarini muhokama qilish hamda loyihani realiazatsiyasining har bir bosqichi haqida tushunchaga ega bo‘lish imkoniyatini bergan. 

Loyihaning asosiy yo'nalishlari mening ish sohamga bog’liq bo’lganligini uchun ham ushbu seminarda qatnashish men uchun juda foydali bo'ldi, - deydi Samarqand viloyati transport boshqarmasi ofatlar xavfini kamaytirish bo'limining mutaxassisi Tursun Aminov. – Xavfli hududlardan evakuatsiya qilishning samarali chora-tadbirlari to'g'risidagi barcha farmonlarga qat'iy rioya qilish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yo'llarning sharoitlari qanchali talabga javob berishini hisobga olish mening ishimning asosiy yo'nalishini tashkil etadi, bu borada erta ogohlantirish tizimi samarali evakuatsiya jarayonida eng muhim rol o'ynaydi. Ushbu loyiha doirasida ishlab chiqarilayotgan mobil ilovasi kabi har qanday tabiiy ofatlar xavfi haqida oldindan xabardor qilishning barcha vositalari ishimizni yanada samarali va oson qiladi.  Shuningdek, chekka joylarda ko’p ishlaganim uchun, togʻli hududlarda yashovchi odamlarni turli ofatlar xavfi haqida erta ogohlantirish ofatlar xavfini kamaytirishning umumiy tizimiga koʻp hissa qoʻshadi, deb oʻylayman.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Aholini loyiha bilan tanishtirish maqsadida bir qator umumiy seminarlar loyihaning barcha asosiy faoliyati yuritiladigan hududlarda (Namangan, Fargʻona, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari) oʻtkazildi. 

Ekologiya bo'yicha mutaxassis bo'lganim uchun, bu loyihani maqsadlarini va asosiy yo’nalishini o’rganish manga judayam qiziqarli bo’ldi, chunki iqlim o'zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlar bugungi kunda ekologik ofatlarning asosiy qismini tashkil etadi, - deydi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasining Farg'ona viloyat boshqarmasining monitoring va aholini muhofaza qilish bo'limi mutaxassisi Xafiza Mamadalieva. - Mening fikrimcha, loyiha maqsadlari bo’lgan ko'p xavfli erta ogohlantirish tizimini rivojlantirish va iqlim xizmatlarini takomillashtirish qishloq joylarda barqaror rivojlanishga turtki beradi va ofatlar xavfini kamaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalari o'rtasida bog’lovchi sifatida xizmat qilishi mumkin.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Seminarlarda mazkur hududlar aholisi loyiha konsepsiyasi va uning asosiy maqsadlari bo’yicha umumiy ma’lumot oldilar. Shuni ta'kidlash kerakki, loyiha quyidagi barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishga hissa qo'shadi - barqaror shaharlar va hamjamiyatlar rivojlantirishga qaratilgan 11chi BRMga va iqlim o’zgarishiga qarshi harakatlarni kuchaytirish bo’yicha 13chi BRMga.

BMTTD 170ga yaqin mamlakatlar va hududlarda faoliyat koʻrsatib, aholilining turmush darajasini oshirish, tengsizlikka barham berish va inklyuziv jamiyatni yaratishga yordam beradi. Biz davlatlarga rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, institutsional salohiyatni shakllantirish va taraqqiyot natijalarining barqarorligini oshirishga koʻmaklashamiz.