O'zbekistonda islomiy moliyalashtirishni rivojlantirish yo'lida birinchi qadam qo'yildi.

17-July, 2020

Photo: UNDP Uzbekistan

16 iyul 2020 yil, Toshkent - Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish yo'lidagi muqobil moliyalashtirish modeli sifatida islom moliyasini rivojlantirish O'zbekistonda xalqaro va mahalliy bozorning uchta yirik vakilini birlashtirdi: O'zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi, BMT Taraqqiyot Dasturi hamda Islom taraqqiyot banki o'zaro shartnoma (Statement of Intent) imzoladilar.

Kuni kecha ushbu shartnomani imzolash jarayoni onlayn-konferentsiya shaklida yakunlanib, tadbir davomida tomonlar BRMni qo'llab-quvvatlashini va O'zbekiston moliya bozorini rivojlantirishdagi hamkorliklarini yana bir karra tasdiqlashdi.

«Agentlik O'zbekistonni barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlarga erishish yo'lidagi uzilishlarni bartaraf etish maqsadida BTMni qo'llab-quvvatlash hamda yangi moliyaviy instrumentlar, jumladan, suquq obligatsiyalarini ishlab chiqish yo'lidan sobitqadamlik bilan ildamlab bormoqda», - deydi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov.

Daromadlarini ko'paytirishni maqsad qilgan an'anaviy bank moliyalaridan farqli o'laroq, islomiy moliyalash asosan gumanistik maqsadlarga qaratilgan. U "xarajatlar, shaxsiy hissalar va mukofotlar o'rtasidagi simmetrik yondashuvni ta'minlaydi. Oddiy banklarda yuqori foiz stavkasi bilan bog'liq bo'lgan maksimal foyda keltiradigan faoliyatga ustunlik beriladi. Holbuki, islomiy moliyalashtirish o'z mohiyati bo'yicha daromadlarni ko'paytirishga yo'naltirilmagan.

 «O'zbekiston dunyoning boshqa davlatlari qatori pandemiya sababli og'ir damlarni boshidan kechirmoqda. Shunga qaramay, O'zbekiston hukumati iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlab, inqirozdan chiqish va tiklanish bo'yicha uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqmoqda. Agentlikning yangi, muqobil moliyalashtirish vositalarini ishlab chiqishni tezlashtirish sa'y-xarakatlarida ayni istiqbolli yondashuvni ko'rishimiz mumkin.  O'zbekistonda “yashil” suquqni joriy etish bo'yicha qulay sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari yuqori bahoga sazovor, BMTTD bu yo'nalishda hamkorlikka va uni amalga oshirishga tayyor», - deya xulosa qildi BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska bitimni imzolashga bag'ishlangan onlayn-tadbirda.

Bularning barchasi islomiy moliyalashtirishni rivojlantirish davlat-xususiy sheriklik bozorini shakllantirishning muhim elementlaridan biriga aylanishi va BRMlarga erishish va ijtimoiy tanglikni kamaytirish uchun juda foydali bo'lishi mumkinligini anglatadi.

Islom taraqqiyot bankining Mamlakatlar uchun dasturlar bo'yicha vitse-prezidenti janob Mansur Muxtar shunday dedi: “Mamlakat taraqqiyoti yo'lida moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi O'zbekiston tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashdan mamnunmiz”.

Ushbu kelishuv O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori uchun kerakli poydevor yaratish imkonini beradi. Hamkorligimiz yangi moliyalashtirish instrumentini joriy qilish uchun huquqiy va institutsional baza yaratish hamda kelasi 2021 yilda islom moliyalashtirish instrumentini  chiqarish yo'lidagi navbatdagi qadamlarni amalga oshirishga ko'maklashadi.

____________________________________________________________________

Qo’shimcha ma’lumot uchun:

Feruza Nomozova, BMMTD jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha mutaxassisi – Feruza.Nomozova@undp.org