Muzokaralar o'tkazish salohiyati iqlim diplomatiyasining asosidir

1-March, 2021

Photo: UNDP Uzbekistan

2021-yil 26-fevralda O'zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida (O'zgidromet) soha vazirliklari, idoralari va jamoat tashkilotlari vakillari uchun iqlim diplomatiyasi bo'yicha boshlang’ich o'quv seminari bo'lib o'tdi. Tadbir BMTTD va Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, hamdo'stlik va taraqqiyot vazirligining "Markaziy Osiyoda iqlim xavfsizligi bo'yicha siyosat choralari" mintaqaviy loyihasi doirasida tashkil etildi.

Iqlim o'zgarishi bo'yicha xalqaro muzokaralar har yili BMTning iqlim o'zgarishi to'g'risidagi asosiy konvensiyasi, Kioto protokoli va Parij kelishuvi doirasida o'tkaziladi. O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi Asosiy Konvensiyasiga (UNFCCC) 1993-yildan beri a'zo bo'lib, 2018-yilda Parijning iqlim to'g'risidagi bitimini ratifikatsiya qildi. Odatda, xalqaro muzokaralar davlatlar o'rtasidagi nizolarni tinch yo'l bilan hal qilishning va qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun xalqaro huquq normalariga muvofiq iqlim o'zgarishi sohasidagi yangi xalqaro hujjatlarni ishlab chiqishning moslashuvchan va samarali vositalaridan biridir.

Bo’lib o’tgan seminar davomida ishtirokchilar Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o'zgarishi to'g'risidagi asosiy konvensiyasi (UNFCCC), Kioto protokoli va Parij bitimi kabi asosiy iqlim shartnomalari, shuningdek muzokaralar o'tkazish qoidalari. Shuningdek seminar qantashchilari iqlim bo'yicha qaror qabul qilish jarayoni bilan tanishdilar.

Tadbir qatnashchilari muzokaralar o'tkazish ko'nikmalarini takomillashtirish Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida iqlim o'zgarishiga moslashish va ushbu global jarayonning oqibatlarini yumshatish bo'yicha qo'shma harakatlarni ishlab chiqish bo'yicha kelishuvlarga erishishda qay darajaga erishish mumkinligi to'g'risida tasavvurga ega bo'ldilar.

Loyiha doirasida joriy yilning noyabr oyida Buyuk Britaniyaning Glazgo shahrida o’tkazilishi ko’zda tutilgan Tomonlar Konferensiyasi (COP26) doirasidagi murakkab xalqaro muzokaralarga tayyorlash maqsadida soha vazirlik vakillari va idoralar mutaxassislaridan tashkil topgan konferensiya delegatlari uchun iqlim diplomatiyasi bo’yicha qator treninglar o'tkazish rejalashtirilgan. Ushbu konferensiya har yili global iqlim bo'yicha muzokaralar maydoni hisoblanadi.

"Markaziy Osiyoda iqlim xavfsizligi bo'yicha siyosat choralari" mintaqaviy loyihasi BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan Buyuk Britaniya hukumatining moliyaviy ko'magi bilan amalga oshirilmoqda. Ushbu mintaqa davlatlarining iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish va ularning iqlimini oshirishga qaratilgan keng ko’lamli harakatlarga tayyorlik darajasini oshirishga qaratilgan. Milliy va mintaqaviy darajadagi barqarorlik rejalari bu bo’lib o’tadigan 26-Tomonlar Kongerensiasyda (COP26) e'lon qilinishi ko’zda tutilgan.