Hisor qo‘riqxonasida yangi Tashrif markazlari barpo etiladi

14-May, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD), Global Ekologik Fondi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining “Global ahamiyatga ega bioxilma-xillik uchun muhim asosiy tog‘ mtintaqalarida tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va o‘rmonlarni boshqarish” loyihasi Hisor davlat qo‘riqxonasi rahbariyati bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida qo‘riqxona ma'muriyati qo‘riqxona ma'muriy binosida tashrif markazi tashkil etish borasidagi ishlardan xabardor qilindi. Tashrif markazining taklif etilayotgan dizayni taqdim etildi, u qo‘riqxonaning asosiy faoliyatini aks ettiradi, tashrif buyuruvchilarni Hisor tizmasining hayvonot va nabotot olami, ekologik tizimlari, qor qoploni, noyob tabiiy va madaniy-tarixiy ob'ektlar bilan tanishtiradi.

Hisor davlat qo‘riqxonasi 1985 yilda, ikkita mustaqil qo‘riqxona: G‘arbiy Pomir-Oloydagi eng yaxshi qora archa o‘rmonlaridan birining muhofazasiga yo‘naltirilgan Qizilsuv qo‘riqxonasi va Qashqadaryo daryosi yuqori qismlari hamda manbalarini va Sversov muzligini (uzunligi taqriban 3,5 km.) himoyalashga qaratilgan Miroqi qo‘riqxonasini birlashtirish orqali tashkil etilgandi. Hisor davlat qo‘riqxonasi YUNESKO Jahon merosi ob'ektlarining boshlang‘ich ro‘yxatiga kiritilgan.

Tashrif markazini tashkil etish ishlarini 2021 yil oxiriga qadar yakunlash rejalashtirilgan. Tashrif markazlari tabiiy hududlarni muhofaza qilish ishlarining muhim tarkibiy qismi sanaladi, chunki:

- muhofaza qilinayotgan tabiat hududi, uning resurslari va yovvoyi tabiati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishni ta'minlaydi;

- jamoatchilikni qo‘riqlanadigan tabiat hududi bunday resurslar va yovvoyi tabiat muhofazasini qanday himoyalashi haqida xabardor qiladi (jumladan monitoring, brakonerlikka qarshi kurashish unsurlarini o‘z ichiga oladi);

- qo‘riqlanadigan tabiat hududi uni turizm uchun qanday yanada jozibali qilishini yaqqol namoyish etadi;

- mahalliy va chet ellik sayyohlarga mo‘ljallanadi.

Uchrashuvning muhim mavzulari qatorida Suvtushar uchastkasi (Hisor davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanadigan zonasi)da sayyohlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha taklif ham muhokama etildi. Avvalda bu hudud qat'iy qo‘riqlanadigan rejimga ega bo‘lib, sayyohlar tashrif buyurishlari taqiqlangandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi PQ-4247-sonli “Qo‘riqlanadigan tabiat hududlari sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 2018 yil 3 fevraldagi topshirig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 fevraldagi 1599-XX-sonli topshirig‘i ijrosi yo‘lida ekologik turizmni rivojlantirish uchun qo‘riqxonaning 3 uchastkasining tabiatni qo‘riqlash maqomini (qo‘riqlanadigan zona rejimidan) o‘zgartirish ishlari o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 fevraldagi 94-sonli qaroriga ko‘ra, umumiy maydoni 13231,3 ga bo‘lgan (jumladan, 11231,3 ga – turli yerdan foydalanuvchilar yerlaridagi qo‘riqlanadigan zona va 2000 ga – tabiatni qo‘riqlash maqomi o‘zgartirilgan Hisor davlat qo‘riqxonasi yerlari), jumladan Suvtushar sharsharasida Hisor davlat qo‘riqxonasi qo‘riqlash zonasi tashkil etildi. Shu tariqa, ushbu hududda turistik faoliyatni rivojlantirish imkoni yaratildi.

Suvtushar sharsharasi 2100 m. balandlikda joylashgan bo‘lib, suvning qordek oppoqligi sababli xalq orasida “Suttushar” nomi bilan tanilgan.б Suvtushar sharsharasi (Sh. Mixel fotosurati)

Hozirda qo‘riqxona hududida ham, uning qo‘riqlash zonasi hududida ham turizmni rivojlantirish uchun infratuzilma amalda mavjud emas. Mavjud turistik salohiyatni rivojlantirish uchun Loyiha tomonidan quyidagi ishlarni o‘tkazish taklif etildi:

1) Hududlarn ihotalash – sharsharaga yondosh hududga keluvchilar sonini tartibga solish va talab darajasida xavfsizlikni ta'minlash uchun;

2) O‘tkazish punktlarini tashkil etish:

- Keluvchilar bilan ishlash punkti – turistik ob'ekt (sharshara)ga keluvchilarga chipta (ruxsatnoma)lar sotish uchun.

- Chegara/o‘tkazish punkti. Unda turniketli, qo‘riqxona qo‘riqlash ishchisi (u olingan ruxsatnomalar bo‘yicha keluvchilarni ichkariga qo‘yadi) uchun xonali, qo‘riqxona qo‘riqlash ishchilari uchun dam olish xonasi, jihoz va uskunalar saqlanadigan omborxona, qo‘riqlash ishchilari uchun ovqat tayyorlanuvchi oshxonaga ega inshoot quriladi;


3) Ko‘prik qurilishi – sayyohlarning soy orqali o‘tishini qulaylashtirish uchun;

4) Ob'ekt hududida so‘qmoqlar tashkil etish – keluvchilarga qulay bo‘lishi uchun sharsharaga olib boruvchi so‘qmoq qurish kerak bo‘ladi. Bunda so‘qmoqning kerakli kengligi, qoplamasini ko‘rib chiqish, shuningdek sayyohlar xavfsizligi uchun ihotalar o‘rnatilishi kerak. Bunday so‘qmoqni tashkil etish kelganlar tomonidan tabiiy nabotot bosib tashlanmasligiga xizmat qiladi;

5) Ob'ekt hududida dam olish joylarini tashkil etish va tomosha maydonini qurish – hozirda keluvchilar “esdalik uchun” rasmga tushish maqsadida imkon boricha sharsharaga yaqinroq kelishga yoki soyga tushishga harakat qiladilar. Odamlar to‘planishi kuzatiladi, xavfsizlik talablariga rioya etilmaydi, soy ifloslanadi. Bunday salbiy ta'sirlarni istisno qilish va baxtsiz hodisalar oldini olish uchun tomosha maydonini qurish taklif etiladi.

Uchashuvda, shuningdek, Loyiha bilan birga qo‘riqxona ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha ishlarni davom ettirishga ham qaror qilindi:

- qo‘riqxona hududida o‘rnatilgan fotoqopqonlardan olingan ma'lumotlar yangilanadi va boyitiladi;

- fotoqopqonlar ma'lumotlaridan kelib chiqib, qo‘riqxona hududida aniqlangan qor qoplonlarini identifikatsiyalash dasturiy ta'minoti o‘rnatiladi;

- qor qoplonini monitoring qilish uchun SMART bazasidagi Cybertracker ilovasi kabi raqamli innovatsion texnologiyalarni joriy etish yo‘li orqali qo‘riqxonaning ilmiy faoliyatini yaxshilash muhokama etildi.

Hisor davlat qo‘riqxonasi ma'muriyati tomonidan, Loyiha ko‘magida, tuman/viloyat hokimligi bilan yaqin hamkorlikda va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ishtirokida ushbu uchastkadan foydalanishning tartibga solinishi aholi va sayyohlarga taqdim etiladigan turistik xizmatlar sifatini yaxshilash imkonini beradi. Tabiatni qo‘riqlash qonunchiligiga rioya etish masalasidagi vaziyat sezilarli yaxshilanadi.