BMTTD Qoraqalpogʻistonda startap-tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaydi

21-April, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

2021 yilning 21 aprel kuni Nukusdagi Yoshlar markazida BMT Taraqqiyot dasturi Ajiniyoz nomli Nukus davlat pedagogika instituti, Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetining Nukus filiali talabalari, Yoshlar ishlari agentligi va Innovatsion xabi (Karakalpakstan’s innovative Hub) vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tadbirni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad - kelgusida oʻzining xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan, turli yoʻnalishlarda innovatsion ishlanmalar va gʻoyalarni ishlab chiqishni rejalashtirayotgan yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini oʻrganishdan iborat boʻldi.

Joriy yil boshida Oʻzbekistondagi BMTTD Aholishunoslik sohasidagi BMT Jamgʻarmasi (YuNFPA), BMTning oziq ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlikda “Orolboʻyi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish” nomli yangi dasturni ishga tushirishdi.

Dastur doirasida Qoraqalpogʻistonda yosh tadbirkorlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlaydigan mahalliy  startap inkubatorlar va akseleratorlarni yaratish nazarda tutilgan. Yoshlar ishlari agentligi huzurida yoshlar platformasini joriy etish rejalashtirilgan, unda boʻlajak tadbirkorlar oʻz faoliyatini boshlashi, ularda startap loyihalari sohasida koʻnikmalarini rivojlantirish uchun barcha sharoitlar taqdim etiladi. Dasturni amalga oshirish mobaynida 70 nafardan koʻproq yoshlar jamoaviy va shaxsiy rahbarlik boʻyicha turkum biznes- treninglarda, hamda maslahat va kouch sessiyalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar. Yoshlar bilan ishlashga tajribali mentorlar jalb etiladi, ular biznes –gʻoya tugʻilgandan boshlab to startap loyihalar ishga tushirilguncha boʻlgan davr mobaynida dastur ishtirokchilariga yoʻnalish berib turadilar. Tanlov asosida sinovdan oʻtgan uchta startap loyiha BMTTD tomonidan amalga oshirilish uchun moliyalashtiriladi.BMTTD Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi samaradorligini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish, orasida nogironligi boʻlgan shaxslar, ayollar boshqarayotgan oilalar, mehnat muhojirlari va boshqa shu kabilar boʻlgan yoshlar, xotin-qizlar, hamda yaxshi himoyalanmagan insonlar guruhlarining huquq va imkoniyatlarini kengaytirish uchun qulay infratuzilmasi boʻlgan aqlli va raqamli hamjamiyatlarni rivojlantirishda koʻmak koʻrsatib kelmoqda.