BMTTD O‘zbekistonda nogironligi bo'lgan shaxslar uchun inklyuziv bandlik va farovonlik xizmatlarini ilgari surmoqda

20-April, 2024
Surat: BMTTD O'zbekiston

18-19 aprel kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi nogironligi bo’lgan shaxslar uchun ijtimoiy himoya va inklyuziv bandlik xizmatlarini takomillashtirishga qaratilgan Integratsiyalashgan Keyslar Boshqaruvi (ICM) pilot loyihasining boshlanishini belgilab beruvchi transformativ seminarlarni o'tkazdi.

Ko‘plab manfaatdor tomonlar ishtirok etgan tadbirda, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, barcha hududiy “Inson” markazlari, barcha hududiy “Ishga Marhamat” Monomarkazlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlar, “Sharoit plyus” NNT, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi va Oʻzbekiston Ish beruvchilar Konfederatsiyasi ijtimoiy himoya va mehnat siyosatini ishlab chiqishda yagona yondashuv muhimligi taʼkidladi.

Ijtimoiy ta'minot siyosati va tadqiqotlari bo'yicha Yevropa markazi direktori o'rinbosari doktor Anette Skoppetta moderatorligida o'tkazilgan ishtirokli seminarlar turli sohalardagi manfaatdor tomonlarni ICM maqsadlari va metodologiyasi bo'yicha muvofiqlashtirishga qaratildi. Muhokamalarda hamkorlikni kengaytirish va mustahkam hamkorlik tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Milliy manfaatdor tomonlar seminarida, BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili v.b. Anas Fayyad Qarman BMTTD inklyuzivlik va barqaror rivojlanishga sodiqligini ta’kidladi. 

“Inklyuzivlik rivojlanish kun tartibimizning asosini tashkil etadi”,
dedi janob Qarman bandlik va ijtimoiy xizmatlarga kompleks yondashuv muhimligini ta’kidlab o’tdi. Uning ta'kidlashicha, ICM muvaffaqiyati turli sheriklarning birgalikdagi sa'y-harakatlariga bog'liq bo'lib, har biri o'ziga xos kuch va tajribani keng qamrovli va samarali xizmat ko'rsatish tizimini ta'minlaydi.
Surat: BMTTD O'zbekiston

Mazkur seminarlarda O‘zbekistonni yanada samarali ijtimoiy himoya va bandlik tizimini barpo etishda qo‘llab-quvvatlash borasidagi salmoqli sa’y-harakatlarimiz mustahkamlandi.

Ushbu tashabbus Lyuksemburg va Koreya Respublikasi hukumatlarining BMTTD FundingWindows dasturi orqali ko'rsatgan saxovatli yordami tufayli amalga oshirildi. 

Loyiha haqida batafsil ma'lumot: Global va mintaqaviy beqarorlik muammolari davrida ijtimoiy-iqtisodiy tafovutni bartaraf etish | United Nations Development Programme (undp.org)