510 nafar maktab o‘quvchisi uchun ichimlik suvi o‘tkazildi hamda Bo‘zatov, Qorao‘zak va Qo‘ng‘irod tumanlaridagi 500 nafar aholi suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena masalalari bo‘yicha tahsil olishdi.
Bir suv nasosi tarixi: nima uchun WASH haqida bilish zarur va bu salomatlikka qanday ta’sir qiladi
11-April, 2022
Siz Brod-stritdagi vabo epidemiyasi haqida hech eshitganmisiz? 1854 yilda Londonning Soxo tumanida keng tarqalgan kasallik 616 nafar odamning hayotiga zomin bo‘ldi va doktor Jon Snouning qat’iy harakatlari tufayli tarixdan o‘rin oldi. U epidemiyaning o‘chog‘ini topdi - bu shahardagi suv olish ustunidan chiqayotgan ifloslangan suv edi, mahalliy aholi undan foydalanmasligi uchun qurilmaning tutqichi zudlik bilan olib tashlandi. Snouning tadqiqoti epidemiologiyani rivojlanishiga turtki bo‘ldi, toza ichimlik suvidan foydalanish imkoni va inson salomatligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni namoyon etdi.
Shu asnoda, BMTning barqaror rivojlanishning ustuvor maqsadlaridan biri xavfsiz va arzon ichimlik suvi bilan barcha va teng ravishda foydalanishi hisoblanadi. Ifloslangan suv va sanitariyaning nomaqbul sharoitlari vabo, diareya, A gepatiti, ich terlama va poliomiyelit kabi kasalliklarni keng tarqalishiga olib keladi. Jumladan, umumta’lim muassasalari ishchilari va o‘quvchilari ayniqsa bu xatarga duchor bo‘lishadi.
Surat: BMTTD O'zbekiston
BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan Bo‘zatov tumanidagi namunali hamjamiyatlar aholisining ehtiyoj va talablarini o‘rganilishi chog‘ida 510 o‘quvchi ta’lim oladigan 2- va 8- sonli mahalliy maktablarda suv ta’minoti mavjud emasligi aniqlandi.
O‘zbekistonning Orolbo‘yi hududi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha BMTning Ko‘psheriklik trast fondini moliyaviy ko‘magidagi BMTTD, YUNFPA, FAOning “Orolboʻyi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish” Qo‘shma dasturi doirasida tanlab olingan maktablarga suv tarmoqlari tortildi va sanitariya-gigyena sharoitlari yaxshilandi. Ikkala binoga kanalizatsiya o‘tqazildi, quyosh energiyasi orqali ishlaydigan suv isitgichlar, qo‘l-yuz yuvgichlar va jo‘mraklar o‘rnatildi, demak, bu yerga ham sovuq, ham hududning qahraton qishida juda ham zarur bo‘lgan issiq suv keladi.
Surat: BMTTD O'zbekiston
Bunga qo‘shimcha ravishda aholining maqsadli guruhi salomatligi holatini yaxshilash, hamjamiyatlardagi odamlarning sihat-salomatlik muammolari haqida xabardorligini oshirish va sog‘lom turmushni targ‘ib qilish maqsadida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena bo‘yicha tregninglar o‘tkazildi.
Misol uchun, qo‘l yuvish turli infeksiyalardan himoyalanishning eng arzon va samarali usuli hisoblanadi. Jumladan, hozirgi COVID-19 davrida, qo‘lni yuvish ayniqsa dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ammo hammayam buni to‘g‘ri amalga oshira olmayapdi.
Maktablarda o‘tkazilgan tadqiqotlarni namoyon qilishicha, qo‘llarni diqqat bilan yuvish ichak infeksiyalariga duchor bo‘lish xavfini 50-60 foizga (shu jumladan, A gepatiti, diareya va boshqalar) va respirator infeksiyalarni 15-25 foizga qisqartirar ekan (shu jumladane COVID-19, gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalar. Qo‘lni yuvishga o‘rgatilgan bolalar ozodalikka uncha rioya qilmaydiganlarga qaraganda anchagina kam hastalanadilar va darslarni kamroq qoldiradilar.
Surat: BMTTD O'zbekiston
2022 yilning 29 martidan to 6 apreligacha WASH mavzusi bo‘yicha Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov, Qorao‘zak va Qo‘ng‘irod tumanlarining ham maktab o‘quvchilari, hamda katta yoshdagi aholining 500 nafari uchun yettita mana shunday trening o‘tkazildi.
Katta yoshdagilar bilan olib borilgan ishlarda BMTTD va YuNFPAning “Orolboʻyi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda sog‘liqni saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash” Qo‘shma dasturi tashkiliy ko‘mak ko‘rsatdi.
Surat: BMTTD O'zbekiston
Tanlab olingan tumanlar hamjamiyatlariga taqdim etilgan yangi bilimlar va imkoniyatlar turli infeksiyalarni tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va shaharlar hamda qishloq tumanlaridagi noqulay sanitariya va gigiyena sharoitlari tufayli yangi epidemiyalarni avjlanishini oldini olishga yordam beradi.