Yosh arxitektor va shaharsozlik mutaxassislari tanlovi

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar topshirish muddati uzaytirildi!

14-June, 2023

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Hurmatli arxitektura, muhandislik va shaharsozlik yo‘nalishlari bitiruvchilari va talabalari! 

Ko‘plab kelib tushgan iltimoslar sababli, ariza topshirish muddatini uzaytirishga qaror qildik!

Eslatib o‘tamiz, “Smart Rural Planning” yosh arxitektorlar va shaharsozlik mutaxassislari tanlovi shaharsozlik hujjatlarini takomillashtirish va innovatsion, kam uglerodli dizayn yechimlarini joriy etishga qaratilgan hamda hududlar, shaharlar va qishloqlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yoshlarni faol ishtirok etishga keng jalb etish maqsadida tashkil etildi.

Tashkilotchilar:

  • O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi 

  • Islom Taraqqiyot Banki

Tanlov 3 (uch) nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

  1. “Smart rural settlement” - qishloq hududining bosh rejasi (master-plan) / kontseptual dizayni;

  2. “Smart district” - shahar / tumanning kontseptual loyihasi, bosh reja (master-plan);

  3. “Green building” - jamoat binosi yoki ijtimoiy ob’ektning loyihasi.

Tanlov maqsadlari:

  • Yangi dizayn va muhandislik g’oyalarini izlash, bosh rejalarning jamoatchilik muhokamasini faollashtirish va ularning jamiyatdagi o’rnini oshirish;

  • Yosh arxitektorlarga o‘z salohiyatini namoyon etish va tajriba orttirish imkoniyati;

  • Arxitektura-qurilish fakultetlari bitiruvchilari tomonidan ishlab chiqilgan diplom ishlarining sifatini oshirish;

  • OAV e’tiborini O‘zbekistonda “aqlli” shaharlar va qishloqlarni rivojlantirish bilan bog’liq dolzarb masalalarga jalb etish;

  • Arxitektura va muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni yoshlar orasida ommalashtirish;

  • Yashil qurilish, barqaror arxitektura va aqlli shaharni rejalashtirish sohasini ilgari surish.

Tanlovda ishtirok etish uchun talablar:

  • shaxsni tasdiqlovchi xujjat;

  • talaba guvohnomasi/oliy ta’lim muassasasi diplomi/oʻqiyotganlik toʻg’risidagi ma’lumotnoma;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududini qamrab oluvchi loyihalar.

Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:

  • Tanlov ishi amaliy yo‘naltirilgan loyiha bo‘lishi, uni amalga oshirish uchun mumkin bo‘lgan resurs ta’minoti, amalga oshirishning aniq mexanizmlari, erishilgan samarani nazorat qilish tavsifi aks ettirilishi kerak;

  • O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyiha bo‘lishi;

  • Tanlov ishida muallifning shaxsiy tadqiqoti natijalarining mavjudligi;

  • Past uglerodli, suv tejamkor qurilish materiallari va texnologiyalaridan foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion va ilg’or yechimlardan foydalanganligi;

  • Loyihaning yangiligi va ijtimoiy ahamiyati;

  • Loyihani amalga oshirish imkoniyati;

  • Loyiha mualliflik huquqiga rioya qilingan holda ishlab chiqilishi kerak.

Tanlov materiallarida reklama maʼlumotlari, shuningdek, Oʻzbekiston hududida tarqatilishi taqiqlangan yoki cheklangan maʼlumotlar boʻlmasligi kerak. Ushbu ma’lumotlarga ega arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlovda loyihalari 2018-yil 1-yanvardan 2023-yil 31-avgustgacha ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi arxitektura, muhandislik va shaharsozlik yo‘nalishlari talabalari/bitiruvchilari, shuningdek, 35 yoshdan oshmagan mustaqil faoliyat olib boruvchi mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.

Arizalar 2023-yil 31-avgust kuni soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) ushbu havola orqali qabul qilinadi: https://forms.gle/aJven93q47eBgLbr7.

DIQQAT: ishingizni Google shaklida yuklash uchun sizda Google akkaunti (gmail.com elektron pochta manzili) boʻlishi kerak.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telegram manziliga yozing https://t.me/SmartRuralContest.

Mazkur tanlov O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan hamda Islom taraqqiyot banki va OPEKning Xalqaro taraqqiyot jamg’armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” qo’shma loyihasining “Infratuzilmani boshqarishda muhandislik xizmatlari va salohiyatini oshirish” B komponenti doirasida o‘tkazilmoqda.