Uran merosi hududlarida “Eng yaxshi biznes loyiha”si uchun III-tanlov e'lon qilinmoqda

17-July, 2023

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) loyihasi «O‘rta Osiyoda uran merosi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda manfaatdor tomonlarning ishtiroki. Faza II» Yevropa Ittifoqi ko‘magi ostida, maqsadli tumanlarning Yangiobod (Toshkent viloyati) va Chorkesar (Namangan viloyati) mahallalarida eng yaxshi biznes loyihani moliyalashtirish/birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirish uchun tanlov e'lon qilmoqda. Tanlov, tadbirkorlik yo‘nalishidagi biznes ko‘nikmalarni rivojlantirish va loyihaning maqsadli hududlarida ish o‘rinlarini tashkil qilishga qaratilgan. 

Moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘ miqdori - 10 000 AQSh dollargacha. 

Arizalar 2023 yil 17 avgustgacha qabul qilinadi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Tanlovning asosiy maqsadi?

Tanlovning asosiy maqsadi yangi ish o‘rinlarini yaratish, jumladan ayollar/qizlar, aholining zaif qatlami bandligini ta'minlash, Chorkesar (Namangan viloyati) va Yangiobod (Toshkent viloyati) mahallalarida biznes g‘oyalarni aniqlash va rivojlanishiga ko‘maklashish. 

Tanlovda kimlar qatnashishi mumkin?

1)        “Eng yaxshi biznes g‘oya (loyiha)”

Tanlovda qatnashish uchun loyihaning maqsadli mahallalari aholisini jalb qilgan holda (Yangiobod, Toshkent viloyati va Chorkesar, Namangan viloyati), o‘z faoliyatini maqsadli tumanlarda amalga oshiruvchi korxonalar taklif qilinadi. Tanlovda “Yashil” tadbirkorlik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatuvchi loyihalarga ko‘proq e'tibor qilinadi.

2)        “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha g‘oyasi”

Nogironlar, hayotiy og‘ir ahvolda qolgan qariyalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini o‘zlari ta'minlashlari uchun ularni bandligini ta'minlash, va bu bilan ularni turmush sharoitini yaxshilash maqsadida ijtimoiy yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshiruvchi, jamiyatda foydali maqsadlarni ko‘zlagan sub'ektlar tanlovda qatnashish uchun taklif qilinadi. 

Muhim: Tanlov doirasida saralab olingan biznes loyihalarga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish, taqdim etilgan biznes rejaga muvofiq, uskuna, orgtexnika, qurilish mollari va boshqa jihozlarni xarid qilish orqali amalga oshiriladi. Grant ko‘magi hech qanday naqd pul ko‘rinishida, va aylanma kapitalni ko‘paytirish maqsadida berilmaydi.  

Biznes loyihalar tanlovi qanday amalga oshiriladi?

- Barcha arizalar 17 avgustgacha (18:00) qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi; 

- Tanlov qatnashchilari ariza shakliga muvofiq ma'lumotlar taqdim qilishadi

(Ariza shakli va biznes loyihani tanlash mezonlari haqida ma'lumot olish uchun, e'londa ko‘rsatilgan kontaktga murojaat qilishingiz mumkin).

- Saralab olingan eng yaxshi biznes loyihalar tanlov komissiyasi a'zolariga taqdimot qilinadi;

- Tanlov komissiyasi (BMTTD vakillari, davlat organlari vakillari, hamda mahalla ekspertlari) loyihalarga baho quyish orqali g‘oliblarni aniqlab oladilar. Maksimal baho (ball) olgan biznes loyihalar g‘olib deb e'lon qilinadi.

Bog‘lanish uchun shaxs: Sardor Qodirov, «O‘rta Osiyoda uran merosi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda manfaatdor tomonlarning ishtiroki. Faza II» loyihasi rahbari

Tel.: +998 93 501 48 58, E-mail: sardor.kodirov@undp.org