Buxoro viloyati Vobkent tumanining rivojlantirish rejasi
Buxoro viloyati Vobkent tumanining rivojlantirish rejasi
5-May, 2025
Buxoro viloyatining Vobkent tumanini rivojlantirishning 5 yillik rejasi zamonaviy baholash usullari, tashabbusli yondashuv va barcha manfaatdor tomonlarning faol ishtirokidan foydalangan holda ishlab chiqilgan.
Mazkur reja mahalliy aholi turmush sifatini har tomonlama yaxshilash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, infratuzilmani modernizatsiya qilish va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan. Asosiy yo‘nalishlar orasida kambag‘allikni qisqartirish, barqaror iqtisodiyotni yaratish, infratuzilmani yaxshilash, shuningdek, tuman markazining zamonaviy me’moriy qiyofasini shakllantirish kabilar bor.