Chorkesarlik tadbirkor o‘z mahallasi aholisining bilim darajasini oshirmoqda

Namangan viloyati Chorkesar qishlog‘ida yashovchi Safura Ro‘zimova o'zining hayotiy misolida ta’limning katta kuch manbailigiga amin bo‘ldi. Suhbatni Firuza Tojimova olib bordi.

25-January, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Ta’lim imkoniyatlarni kengaytiradi. Chorkesar qishlog‘ida (Namangan viloyati) yashovchi Safura Ruzimova o‘z misolida ta’lim kuchiga ishonch hosil qildi. Uning aytishicha, “ish, ta’lim va daromad yo‘qligi ko‘pincha ayollarni noqulay hayotiy vaziyatlarga chidashga majbur qiladi. O‘qish o‘z kuchimizga ishonish va orzuimizdagi turmushni qurish imkoniyatini beradi”. Qachonlardir aynan maktabdagi faoliyat, unda olingan bilimlar Safuraga hayotini yaxshilashga va o‘z ishini boshlashga kuch bergan.

Bugun Safura ma’rifat ishlari bo‘yicha mudira bo‘lib ishlash bilan bir qatorda, poytaxtdagi “Profi Education” universitetida ta’lim oladi. Safura uzoq vaqt mobaynida o‘ziga qo‘shimcha daromad keltiradigan va mahallasi aholisi uchun foydali bo‘ladigan o‘z ishini ochishni orzu qiladigan.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

“Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTTD va FVV qo‘shma loyihasining mutaxassisi maktabimizga kelib, shaxsiy biznesni yo‘lga qo‘yish uchun loyihadan grant olish imkoniyati haqida so‘zlagan lahza hal qiluvchi kuchga ega bo‘ldi. O‘sha payt bu g‘oya mening hayotimni o‘zgartirishini hich qilganimni va shu grantni yutib olishni oldimga maqsad qilib belgilaganimni eslayman”, deya xotirlaydi Safura.

Biznes-g‘oya bir zumda yuzaga keldi. Maktab o‘quvchilari va yoshlar qo‘shimcha ravishda chet tillari va boshqa fanlarni o‘rganish uchun tuman markaziga qatnashini ko‘rgan Safura Chorkesarda o‘quv markazi katta talabga ega bo‘ladi, degan fikrga keldi.

“Bunda menga treninglarda olgan bilimlarim katta yordam berdi. Men biznesni nimadan boshlashni, biznes-rejani qanday yozishni bilardim”, - deydi Safura.

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTTD va FVV loyihasi Safura singari yoshlar uchun tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes-rejalar tuzish hamda uran merosi mavjud Chorkesar va Yangiobod kabi shaharlarda “yashil” texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qator treninglar o‘tkazdi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

“G‘olib bo‘lganimni bilganimda, behad hursand bo‘ldim. Men darhol o‘z markazim uchun o‘qituvchilarni topishni istadim.”

Grant shartlariga ko‘ra Safura markaz uchun zarur bo‘lgan qiymati 10 000 AQSh dollari atrofidagi barcha ofis uskunalarini olish imkoniga erishdi.

Hozirda Safuraning o‘quv markazida ishlab kelayotgan besh nafar o‘qituvchi xitoy va rus tillari, matematika, kompyuter savodxonligi asoslari, shuningdek o‘zbek tili va adabiyotidan dars bermoqda. Bu yerda, shuningdek, Internet-kutubxona tashkil etilgan.

“Dastlab markazga 30ta talaba tashrif buyurgan bo‘lsa, bugun ularning soni 50 nafarga yetdi. Biz to‘rt oydan buyon ishlayapmiz va natijalarimizdan ilhom olayapmiz. Biz ta’lim ahamiyati haqida so‘zlash orqali yoshlarni jalb qilishda davom etyapmiz. Men markazimizga o‘qishga kelgan qizlarni ko‘rganda juda hursand bo‘laman. Men bilimlar – munosib kelajakka hissa, jamiyatga foyda keltirish imkoniyati ekanligiga ishonaman. Maorif – yo‘lingizni hattoki eng qorong‘i vaqtlarda ham yorita oladigan chiroqdir.”