Muallif: Nargiza Muxtorova
Mahalliy aholini qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etishi qishloqning barqaror rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega
6-March, 2023
Mahalliy aholining mahallalarni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish orqali o‘z mahallalari ehtiyojlarini qondirishning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishda faol ishtirok etishi qurilish va investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun asos bo‘lmoqda. Islom taraqqiyot banki va OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining “Qishloqlarni barqaror rivojlantirish” loyihasi asosiy tarkibiy qism hisoblanadi.
Loyiha Qoraqalpog'iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlarida 20 hududlarda Qishloqni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish orqali 170-mahallaga nisbatan infratuzilmasini rivojlantirish, iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etishni ko'zda tutadi. Bugungi kunga qadar 113 qishloqning 4,5 mingdan ortiq aholisi 28 Qishloqni rivojlantirish Klaster rejalarini ishlab chiqdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanidagi Obi Hayot Mahalla aholisi, Qishloqni rivojlantirish rejasini ishlab chiqishda o'z taassurotlari va tajribalari bilan o'rtoqlashdi.
"Mahallada ko'plab muammolar mavjud, ammo asosiy biri yo'llarning sifati. Barcha yo'llar yaroqsiz bo'lib qoldi, bu xavfsizlikning pasayishiga olib keldi va ular yo'l-transport hodisalari ko'payishiga olib keldi. Yomon yo'llar, shuningdek, iqtisodiyotga zarar etkazadi, qishloq xo'jaligi va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi ", deydi mahalla fuqarosi Farxod Isakov.
Sobiq rus tili o'qituvchisi va hozirgi kunda nafaqaxo'r Tamara Sherimbetova A380 trassaning xavfini qayd etdi. Ma'lum bo'lishicha, qo'shni hududlarning bolalari 19-maktabga borganlarida ushbu yo'l bo'ylab yugurishga o’tishga majbur.
Aholi bugungi kundagi muammolarga qaramay, mahallasi bir kun kelib namunali mahallaga aylanishiga ishonadi va shu maqsaddan ruhlanib, tashabbus guruhining barcha muhokama va yig‘ilishlarida faol ishtirok etadi.
Loyiha doirasida jamoalarni safarbar qilish boyicha maslahatchilar (fasilitatorlar) mahalliy aholiga oʻz jamiyatlarining ehtiyojlarini baholash va ularga jamiyatni rivojlantirishning samarali rejalarini tuzishda yordam berish uchun treninglar oʻtkazadi.
Mahalliy aholi bilan muammolarni hal qilishda fasilitatorlar quyidagi ishtirok etish usullardan foydalanadilar: er osti xaritasi, mavsumiy taqvimlar, institutsional tahlil, diagrammalar, kunlik jadvallar, matritsalar.
Mahalla fuqarosi Nodira Ismoilova «Aqliy hujum» orqali mahalladagi asosiy muammolarni aniqlab, muhokama qilishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi. Keyin ochiq ovoz berish yo‘li bilan va konsensus asosida Qishloqni rivojlantirish rejasini ishlab chiqishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldi.
Har bir shunday sessiyaning natijasi mahallaning ushbu faoliyatda ixtiyoriy ravishda ishtirok etayotgan faol manfaatdor tomonlari orasidan Tashabbus guruhini tuzishdir.
"Tashabbuskor guruh ishtirokchilarini tanlashda, bizning aholimiz nomzodlarini o’zlari taklif qildilar. Tanlanganlar orasida bu muammoni hal qilishga yordam beradigan mutaxassislar bor", deydi Tashabbuskor guruh rahbari va Obi Xayot mahalla raisi Rashid Kushonov.
Qahramon Qo‘shanov - Beruniy tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo'jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari uning taassurotini baham ko'rdi: "Mahalli aholi muammolarining 80 foizga yaqini - mening ishim bo'yicha. Beruniy tumanning 40-mahaladan oltitasi "Qishloqlarni barqaror rivojlantirish" loyihasiga kiritilgach, mening ishim ancha yengillashdi.
- Masalan, tumanimizda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun davlat tomonidan mablag‘ ajratilgan, biroq biz ularni qolgan 34 ta mahallaga yo‘naltiramiz, shunda ko‘proq yo‘l uchastkalari rekonstruksiya qilinadi, chunki loyiha allaqachon 6 ta mahalla fuqarolar yig‘ini ehtiyojlarini qoplagan.
Shuningdek, Qahramon Qo‘shanov, Qishloqni rivojlantirish rejasini (QRR) tayyorlash metodologiyasini ham qayd etdi: "Men QRR ishlab chiqish boyicha uch kunlik mashg‘ulotda qatnashganimdan baxtiyor man. Bu muammoni hal qilishning yangicha yondashuvi bo'lib, unda tashabbus pastdan yuqoriga ko'tariladi. Ish davomida ushbu bilimlarni qo'llashga harakat qilaman. Menimcha, davlat tuzilmalarining barcha mansabdor shaxslariga ushbu yondashuvni o'rgatish maqsadga muvofiq bo’lardi. Shubhasiz, bu yondashuv odamlarga davlat hokimiyatiga bo'lgan ishonchi uyg’otadi".
Loyiha doirasida BMTTD Iqtisodiyot va Moliya vazirlikni mahalliy boshqaruvni mustahkamlash va maqsadli qishloq aholisining turmush darajasini oshirishda qo'llab-quvvatlaydi.
Loyiha haqida batafsil.