Koʻngillilar qissalari: Xoʻjayli tumanilik Peruza Seytmuratova

12-May, 2022

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Men oʻquvchilik davrimdayoq qaysi kasbni tanlashimni aniqlab olgandim,- deydi Xoʻjayli tumanidani №3 koʻp tarmoqli poliklinika hamshirasi Peruza Seytmuratova. – Opam Jupargulni zavq bilan kuzatganlarim hali ham yodimda. Har kuni ertalab u toʻkis dazmollangan oq xalatni kiyar va klinikaga, bemorlarni oldiga yoʻl olardi

Peruza Seytmuratova – Orolboʻyi boʻyicha 11ta tumandan BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlangan 2080 nafar koʻngillilardan biri. 1993 yilda oʻrta maktabni tugatgach Nukusdagi tibbiyot institutiga oʻqishga kirdi, 1996 yildan beri, mana 25 yildan ortiq vaqt mobaynida 3-Xoʻjayli koʻp tarmoqli poliklinikasida hamshira boʻlib ishlab kelmoqda.



2020–2021 yillarni eslar ekan, Peruza COVID-19 pandemiyasi haqidagi birinchi xabarlaroq uning yaqinlari va tanishlari orasida vahima keltirib chiqarganini qayd etdi. “-Kimnidir endi qaytarib boʻlmaydi, deydi Peruza, -virus butun dunyoda bolalaru kattalarni ayab oʻtirmadi”. Аmmo uni oʻzi, boshqa koʻngillilar bilan kasallikni tarqalishini toʻxtatish va oʻzining “Аbat” hamjamiyati aholini virus yuqtirib olishidan himoya qilish uchun barcha saʼy-harakatlarini ishga soldi. 

-2019 yil fevral oyidan boshlab tumanimizning 250 nafar koʻngillisi aholining tibbiy madaniyatini oshirish va ona va bola salomatligini mustahkamlash ustida faol ishlarni olib bormoqdalar. Biz oʻpka, yurak-tomir va oshqozon-ichak kasalliklari profilaktikasi boʻyicha maʼrifiy ishlarni olib bormoqdamiz. 2020 yildan boshlab esa oʻzlari va yaqinlarini koronavirusdan saqlash haqida soʻzlab bermoqdamiz, - dedi Peruza.

Sogʻliqni saqlash sohasidagi yana bir volontyor, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi Qizlargul Xudoyorova, “Xoʻjayli haqiqati” gazetasiga bergan intervyusida Peruzaning faoliyati haqida soʻzlar ekan, “Karantin vaqtida oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyib, koʻngillilar oʻz hamjamiyatlaridagi xonadonlarga borib aholining salomatligi haqida yoʻqlab turishdi, kerakli tavsiyalarni berishdi, zudlik bilan koʻmakka muhtojlarga yordam berishdi”, - deya qayd etdi. 

Hamkasblar va koʻngillilar Peruzani intiluvchanligi, masʼuliyatni his qilishi va oʻz kasbiga sadoqati uchun hurmat qilishadi. Shuningdek, u turmush oʻrtogʻi Oʻrinboy Ziyoev bilan Nukus davlat pedagogika institutining tarix fakulьteti talabasi boʻlgan ikki nafar oʻgʻirllarini tarbiyalamoqdalar – dedi “Shuxrat” medali sohibasi Qizlargul Xudoyorova.

Volontyorlar xizmatlari hukumat, xalqaro hamjamiyatning eʼtiboridan chetda qolayotgani yoʻq. Har yili butun dunyoda Xalqaro koʻngillilar kuni nishonlanadigan 5 dekabr kuni “Hech kimga beeʼtibor boʻlma” tamoyiliga rioya qilgan holda salomat masalalarida faoliyat koʻrsatayotgan barchaning xizmatlari uchun tashakkur aytish va taqdirlash uchun sabab boʻladi. 

Men Xalqaro volontyorlar kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan bayram konsert dasturida ishtirok etishimdan va Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekistondagi xorijiy diplomatik missiyalar vakillari tomonidan qimmatbaho mukofotlar olganimdan juda ham mamnunman. Bunday eʼtibor yanada yaxshi ishlashga ragʻbatlantiradi, toʻgʻri yoʻlda borayotganimizdan dalolat beradi, -dedi Peruza. 

Bugungi kunda Qoraqalpogʻistonda sogʻliqni saqlash sohasidagi koʻngillilar faoliyati Yaponiya hukumati moliyalashtirayotgan “Orolboʻyi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda sogʻligʻini saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash” BMTTDning YuNFPА bilan birgalikdagi Qoʻshma dasturini amalga oshirish doirasida qoʻllab kelinmoqda.