Infografika: Farg'ona Vodiysida iklim o'zgarishi xavflari bo'yicha xabardorlik darajasi

Russian and Uzbek languages

pdf (1MB)

Download

Infografika: Farg'ona Vodiysida iklim o'zgarishi xavflari bo'yicha xabardorlik darajasi

15-August, 2022

BMTTD va O‘zgidromet Yevropa Ittifoqi ko‘magida amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqarorlik” loyihasi doirasida sotsiologik tadqiqot o‘tkazdi. Farg‘ona vodiysidagi 155 nafar yetakchi va ekspertlar o‘rtasida iqlim o‘zgarishi va iqlim xavf-xatarlari haqida xabardorlik darajasini aniqlash va chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish maqsadida tadqiqot o‘tkazildi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, respondentlar iqlim o‘zgarishi va iqlim xavf-xatarlari haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston davlat va nodavlat telekanallari orqali ko‘proq, ammo mamlakat idoralarining ichki hujjatlari orqali deyarli ikki barobar kamroq oladilar.

Respondentlarning ta'kidlashicha, so'nggi 20-30 yil ichida iqlim o'zgarishining salbiy ta'siri sifatida ular jismoniy sog'lig'ining yomonlashishi, hayot sifatining pasayishi, shuningdek, ishsizlikning ko'payishi bilan tez-tez duch kela boshladilar.