Axborot byulleteni 1/2023: O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilarining iqlimga chidamliligini oshirish sohasidagi faoliyatga doir yangiliklar

Newsletter 1/2023: News on climate-resilient development of horticultural producers’ in Uzbekistan

pdf (1MB)

Download

Axborot byulleteni 1/2023: O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilarining iqlimga chidamliligini oshirish sohasidagi faoliyatga doir yangiliklar

30-March, 2023

«O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi meva-sabzavot yetishtiruvchilarining iqlim chidamliligini oshirish» loyihasi tomonidan 2022-yil sentabr oyidan 2023-yil mart oyigacha bo‘lgan davrda loyihaning asosiy tadbirlarini yorituvchi birinchi axborot byulleteni chiqarildi.

Bu davrda nimalar amalga oshirildi?
  • Loyiha doirasida Farg‘ona vodiysida fermerlarni yanada aniq agrometeorologiya ma’lumotlari bilan ta’minlash uchun 20ta kichik agrometeostansiya o‘rnatildi.
  • Yaponiyalik ekspertlar bilan hamkorlikda fermerlarga biznes-jarayonlarda kaydzen yondashuvini joriy qilish va bog‘bonlarda iqlim omillarini hisobga olgan holda rejalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga o‘rgatdik.

Ko‘proq ma’lumot olish uchun, iltimos, axborot byulletenini yuklab oling.

“O'zbekistonning Farg'ona vodiysida meva-sabzavot yetishtiruvchilarning iqlim o'zgarishiga moslashuvini oshirish” loyihasi BMTTD va O‘zgidrometning qo‘shma tashabbusi bo‘lib, Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi. Loyiha agrometeorologik kuzatuvchilar va prognozlashtirish tizimlarini yaxshilash, iqlim o‘zgarishiga chidamli meva-sabzavot xo‘jaliklari uchun xizmatlarni kengaytirish hamda iqlim o‘zgarishini hisobga olgan holda rejalashtirish tizimini joriy etish orqali Farg‘ona vodiysidagi qishloq xo‘jaligi jamiyatlarinining ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan.