A girl next to a tap with clean drinking water

Orolboʼyi mintaqasi aholisining chidamliligini oshirish

Orolboʼyi mintaqasi aholisining chidamliligini oshirish va ijtimoiy himoyaga eng muhtoj aholi qatlamlari vakillarining “yashil” inklyuziv rivojlanishiga koʼmaklashish

Loyiha toʼgʼrisida qisqacha maʼlumot:

Orol dengizining qurishi bilan bogʼliq fojia sugʼorish va maishiy ehtiyojlar uchun suv resurslari tanqisligining keskin oshishi, yer resurslari degradatsiyasi va choʼllanishi, daromad olish imkoniyatlarining qisqarishi, kambagʼallik miqyosining oʼsishi, aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli darajada taʼminlanmaganligi va ekologik halokat zonasida istiqomat qiladigan aholining salomatlik koʼrsatkichlari pasayishiga olib keldi. Orolboʼyi mintaqasi Oʼzbekistondagi eng himoyasiz va kam rivojlangan hudud boʼlib qolmoqda.

Loyiha Qoraqalpogʼistonning loyiha bilan qamrab olingan tumanlaridagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni kamaytirish/yumshatish boʼyicha tizimli yondashuvni qoʼllash, mahalliy aholining chidamliligini oshirish, shuningdek, «yashil» yondashuvlar va yechimlar koʼlamini kengaytirishga qaratilgan.

Asosiy maqsadlar:

Loyihaning asosiy maqsadi Orolboʼyi mintaqasida yuzaga kelayotgan uzoq muddatli ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun mintaqa aholisining chidamliligini oshirish va ijtimoiy himoyaga eng muhtoj aholi qatlamlarining «yashil» inklyuziv rivojlanishiga koʼmaklashishdan iborat.

Kutilayotgan natijalar:

  • qishloq xoʼjaligi sektorining ishlab chiqarish salohiyatini oshirish hamda mahalliy fermer va dehqon xoʼjaliklarining iqlim oʼzgarishi oqibatlari oldidagi chidamliligini taʼminlash;
  • mahalliy fermer va dehqon xoʼjaliklarining mahalliy mahsulotlarni Rossiya va boshqa davlatlarga eksport qilish imkoniyatlarini oshirish;
  • ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirish va qishloq joylardagi hamjamiyatlarning asosiy ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash.

Impact

START DATE

January 2022

END DATE

December 2026

STATUS

Ongoing

PROJECT OFFICE

Uzbekistan

IMPLEMENTING PARTNER

GOVERNMENT

DONORS

GOVERNMENT OF RUSSIAN FEDERATION

TOTAL CONTRIBUTIONS

$554,080

DELIVERY IN PREVIOUS YEARS

2021$0

2022$468,660

Full Project information