Yevropa Ittifoqi va BMTTD O'zbekistonda qishloq xo‘jaligida innovatsion guruhlarni rivojlantirish maqsadida Italiyalik yetakchi ekspertlarni jalb qildi

1-February, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

31-Yanvar kuni Toshkent shahrida Italiyaning CREA tadqiqot markazi mutaxassislari ishtirokida “Operatsion/innovatsion guruhlar: Yevropa Ittifoqi tajribasiga umumiy nuqtai nazar” mavzusida trening tashkil etildi. CREA Italiyada operativ/innovatsion guruhlarni rivojlantirish boʻyicha yetakchi Italiya milliy tadqiqot instituti boʻlib, u oʻz navbatida qishloq xoʻjaligida joriy etilgan innovatsion guruhlar soni boʻyicha Yevropa Ittifoqida yetakchilik qiladi. Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (“EU-AGRIN”) loyihasi tomonidan tashkillashtirildi.

Gibrid formatda o‘tkazilgan seminarda Farg‘ona, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridagi qishloq xo‘jaligiga oid ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning viloyatlardagi ilmiy-tajriba stantsiyalari, qishloq xo‘jaligidagi bilim va innovatsiya markazlari vakillari ishtirok etdi. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, shuningdek, fermer xo‘jaliklari, klasterlar, biznes vakillari va NNTlar.

Seminarning birinchi qismida Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion guruhlarni yaratish va boshqarish bo‘yicha tajribasi va bilimlarini O‘zbekistonga taqdim etish maqsadida CREA mutaxassislari tomonidan bir qator amaliy taqdimotlar o‘tkazildi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

CREA Kengashi vakili Rikkardo Passero “Yevropa qishloq xo‘jaligi innovatsion hamkorligi (EIP-AGRI) kontseptsiyasini Italiya va Yevropa Ittifoqida tegishli amalga oshirish, shu jumladan Italiyaning Qishloq hududlari milliy tarmog'i tomonidan amalga oshirilayotgan vositalar va harakatlar to‘g‘risida amaliy ma‘lumotlarni taqdim etish orqali taqdimot qildi. U o‘z nutqi davomida CREA tomonidan boshqariladigan, operatsion/innovatsion guruhlarni ishga tushirish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash haqida atroflicha to‘xtalib, CREAning O‘zbekistonda Innovatsion guruhlar faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur tavsiyalar va amaliy yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.

CREA kengashining yana bir vakili Mara Lai o‘z chiqishida “Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikda innovatsiyalarni yaratish va boshqarish usullari, Yevropa innovatsion hamkorlik tashkilotining  uchun interaktiv modelni qo‘llash va uning amaliy misollari haqida chiqish qildi.

So‘ng AKIS va Yevropa innovatsion hamkorlik tashkilotining operatsion guruhlar faoliyatini rivojlantirishda maslahatchilarning o‘rni. Yevropa Ittifoqi va Italiya tajribasidan amaliy misollar, O‘zbekiston sharoiti uchun dastlabki tavsiyalar” mavzusida Simona Kristianoning Zoom platformasi orqali onlayn taqdimoti tinglandi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Seminarning yakuniy taqdimoti CREAning tajribali xodimi Elijio Malusa tomonidan o‘tkazildi. U o‘z chiqishida Italiyada amalga oshirilgan ikkita Operatsion guruhlar faoliyati tajribasidan misollar keltirdi. Hususan, zararkunandalarga yoki iqlim o‘zgarishiga chidamli navlarni joriy etish, organik o‘g‘itlardan foydalanish hamda suvni sug‘orish tizimlari yoki yaxshiroq tuproq uchun innovatsion texnikalar boshqaruvini joriy etgan operatsion guruhlar faoliyati bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. 

Seminarning ikkinchi qismi yevropalik ekspertlar va mahalliy ishtirokchilar o‘rtasidagi munozaralarga bag‘ishlandi.

Ta’kidlash joizki, “Innovatsion guruhlar” qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan ilmiy-amaliy yechimga ega innovatsion loyihalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Bu guruhga fermerlar, tadqiqotchilar, agrobiznes vakillari, tadbirkorlar va manfaatdor tashkilotlar vakillari kirishi mumkin. Ular umumiy manfaatlardan kelib chiqqan holda jamoaviy harakatlar orqali turli muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan innovatsion yechim va yondashuvlardan iborat loyihalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Innovatsion guruhlarning asosiy maqsadi ilm-fan, tadqiqot, xizmatlar va ishlab chiqarishni integratsiyalashgan holda qishloq xo‘jaligi imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish va mavjud muammolarni hal qilishdir. Bu guruhlarning afzalligi shundaki, olimlar tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy izlanishlar fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan hamkorlikda ishlab chiqarishda sinovdan o‘tkaziladi. EU-AGRIN loyihasining milliy koordinatori Ulug‘bek Islomov ta’kidlaganidek, O‘zbekistonda innovatsion guruhlarning rivojlanishi hududlar iqlimi va sharoitiga mos keladigan yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari samaradorligini oshiradi hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga xizmat qiladi. Bu borada Yevropa Ittifoqining ilg‘or tajribasini o‘rganish va qo‘llash muhim o‘rin tutadi.