“Yashil makon” tashabbusini timizmli barqarorligini ta’minlash bo’yicha BMTTD ekspertlarining tavsiyalari muhokama qilindi

3-February, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Bugun Tabiat resurslari vazirligi BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, BMT Yevropa Iqtisodiy komissiyasi, BMT qochqinlar komissarligi bilan hamkorlikdagi “Yashil makon umummilliy dasturini qo‘llab quvvatlash maqsadida innovatsion moliyaviy echimlar va bosh rejani ishlab chiqish” loyihasi doirasida olib borilgan ishlar yuzasidan maslahat seminari tashkil etildi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Maslahat seminarining asosiy maqsadi “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy va institutsional masalalar, shuningdek, aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida xalqaro ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan bosh rejaga oid ilmiy va texnik-iqtisodiy dastlabki xulosalar, innovatsion moliyaviy yechim va tavsiyalar muhokama qilindi. “Yashil makon” tashabbusini samarali amalga oshirish uchun hukumat tomonidan ishlab chiqilishi va o‘z vaqtida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq islohotlar, zarur chora-tadbirlar va loyihaning keyingi harakatlari borasida ham fikrlar almashildi.   

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska tadbirni ochilish qismida quyidagicha ta’kidladi:

Yashil Makon – ajoyib tashabbus va ajoyib imkoniyat! Uning oldiga 5 yil ichida 1 milliard daraxt ekish maqsadi qo‘yilgan; ammo bu tashabbusning ahamiyati kengroq. Bu nafaqat daraxt ekish, balki global miqyosda ekologik jihatdan muhim hissa qo‘shishdan ham chuqurroq. Yashil makon jarayonlari va natijalarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatini, shuningdek, barqarorligini ta'minlashdadir. BMTTD va uning xalqaro ekspertlari Yashil Makon qanday amalga oshirilayotgani va uning ambitsiyalarining barcha jihatlariga qanday erishish mumkinligini chuqurroq o‘rganish uchun qator institutlar bilan hamkorlik qilmoqda. Mutaxassislar Yashil Makon o'z va'dasini bajarishini va buni barqaror tarzda amalga oshira olishini ta'minlash uchun mumkin bo'lgan siyosat va tizimli choralarni taklif qilishdi.

Loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida yangi tashkil qilinayotgan 100 gektardan iborat bo‘lgan (Termiz shahar, Termiz tuman, Jarqo‘rg‘on va Sherobod tumanlarida) yashil belbog‘, yashil bog‘, yashil jamoat parklarida turli xil mahalliy iqlimdan kelib chiqib ilmiy asoslangan holda ekilgan ko‘chatlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi va o‘zaro muhokama qilindi.