Yangiobodni qayta tiklash: mahalliy aholining hayoti qay tarzda yaxshilanmoqda

11-September, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

2023-yilning 8-9-sentabr kunlari Yevropa davlatlarining O‘zbekistondagi elchilari va Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi  Delegatsiyasi elchisi, YeXHT, BMTTD, BMTTDning Istanbul mintaqaviy byurosi, YeTTB vakillari, shuningdek, Ekologiya vazirligi rahbariyati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yangiobod shahridagi ekologik vaziyatni hamda unga tutash hududlar aholisining sharoitlarini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari bilan tanishish maqsadida shaharga tashrif buyurdi.

Yangiobod Oʻzbekistonda joylashgan shahar boʻlib, u yerda 40 yil davomida uran qazib olingan. Qazib olish 1980-yillarda yakunlangan, ammo shahar yaqinida ishlab chiqarish chiqindilari saqlanib qolgan va mazkur hududda ekologik reabilitatsiya ishlarini amalga oshirish talab etiladi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko'ra, radioaktiv rudalarni qazib olish va qayta ishlash natijasida yuzaga kelgan 1 milliard tonnaga yaqin chiqindilar butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi chiqindixonalarda saqlanadi. Ushbu meros ob'ektlari atrof-muhit va inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug'diradi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Yevropa Ittifoqi ko‘magida moliyalashtirilib, BMTTD va YeXHT tomonidan amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda uran merosi bilan bog'liq muammolarni xal qilishda manfaatdor tomonlarni jalb etish. II bosqich” loyihasining natijalarini o‘rgandi. Loyiha doirasida YeXHT atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha xabardorlini oshirish hamda uran merosi obʼyektlari keltirib chiqaradigan xavf-xatarlarga eʼtibor qaratib, ekologik reabilitatsiya ishlari davomida mahalliy aholi bilan aloqada boʻladi. BMTTD loyihasi komponenti mahalliy aholiga o‘z biznesini tashkil etish va kengaytirish uchun kichik grantlar berish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Delegatsiya a’zolari mahalla faollari bilan suhbatlashdi, shuningdek, trekking lageri faoliyati, “Yangiobod eko start” asalarichilik korxonasi mahsulotlari, “Shahliya” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlari bilan yaqindan tanishdi. Ushbu loyihalar Yangiobod va Chorkesardagi boshqa beshta loyiha bilan bir qatorda biznesni rivojlantirish uchun moliyalash/qo'shma moliyalashtirish taqdim etildi. Mazkur biznes loyihalar 72 ta ish o‘rni yaratish imkonini berdi.

“Loyiha tomonidan tashkil etilgan treninglarda biznes-reja tuzishni o‘rgandim. Murabbiylar uzoq vaqt davomida menga biznes-rejani haqiqiy sharoitlarga moslashtirishga yordam berishdi va uni optimallashtirish bo‘yicha bebaho maslahatlar berishdi. Mazkur ko’mak va maslahatlar hamda qiziqarli va foydali ish bilan shug'ullanishga bo'lgan katta ishtiyoq meni muvaffaqiyatga yetakladi”, - deya o'rtoqlashdi trekking lageri asoschisi Elena Alekseeva.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Yelenadan tashqari Chorkesar va Yangiobodda 100 nafardan ziyod kishi tadbirkorlik faoliyatini boshlash va yuritish bo‘yicha bilim olib, chekka hududlarda “yashil” tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari bilan tanishdi.

Loyiha doirasidagi tashabbuslar Yangiobod va Chorkesar aholisining turmush sharoitini yaxshilashga ham xizmat qildi. Yettita transformator stansiyasi o‘rnatilishi natijasida Yangiobodda 450, Chorkesarda 550 xonadon uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlandi.

Loyiha doirasida mahalliy aholini potensial xatar mavjud bo‘lgan hududlar to‘g‘risida ogohlantirish uchun 120 ta yangi “Radioaktivlik” xavfsizlik belgilari o‘rnatildi.

Loyiha doirasida mahalliy aholini radiatsiya darajasini o‘lchash va uran merosi obyektlari yaqinida xavfsiz yashashni ta’minlash maqsadida dozimetrik uskunalar xarid qilinib, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga topshirildi. Uran merosi obyektlari yaqinida yashovchi har bir aholi vakili dozimetr talab qilishi va radiatsiya ta'sirini nazorat qilish uchun mustaqil o‘lchovlarni amalga oshirishi mumkin.