Oʻzbekistondagi BMTning Taraqqiyot Dasturi va Oʻzgidromet Qoraqalpogʻistondagi fermer va dehqon xoʻjaliklarining iqlimiy barqarorligini taʼminlash boʻyicha qoʻshma faoliyatni yakunlamoqda

24-November, 2021

--- Image caption ---

Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati Markazi va BMT taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonning qurgʻoqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarining iqlimiy barqarorligini taʼminlash” qoʻshma loyihasining Muvofiqlashtiruvchi Kengashini kengaytirilgan yakuniy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

2021 yil 24 noyabr. Toshkent shahri. Bugun, Oʻzgidromet va BMTTDning Adaptatsiya fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Oʻzbekistonning qurgʻoqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarining iqlimiy barqarorligini taʼminlash” qoʻshma loyihasining kengaytirilgan yakuniy yigʻilishida eng muhim natijalar eʼlon qilindi.

Loyiha Qoraqalpogʻistonning iqlim oʻzgarishidan eng koʻp aziyat chekayotgan shimoliy tumanlarida 2014 yildan beri amalga oshirib kelinmoqda. Loyihaning rasmiy yakuni sanasi – 2021 yilning 30 noyabr kuni.

Yigʻilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Hukumati aʼzosi Baxidjon Habibullayev, Oʻzgidromet bosh direktorii Sherzod Habibullayev va BMTTDning Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska tomonidan tabrik soʻzlari bilan ochildi.

Oʻzgidromet, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat Oʻrmon xoʻjaligi, loyiha koʻmagida shakllangan yaylov kooperativlaridan iborat boʻlgan muhim hamkor tashkilotlar vakillari loyiha doirasida amalga oshirilgan hamkorlik haqida axborot bilan almashdilar va oʻzaro munosabatlar natijalariga yuqori baho berishdi.

Tadbir davomida loyihaning asosiy natijalari koʻrib chiqildi, mutaxassislarni qayd etishicha, 2017 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 10ta avtomatik meteorologik stansiyalar uchun uskunalar oʻrnatildi, shunday qilib Gidrometeorologiya boʻyicha Qoraqalpoq boshqarmasining barcha kuzatuv tarmogʻi avtomatlashtirildi.

Ikkita muhim gidrologik kuzatuv joyi Dopler profilograflar bilan uskunalashtirildi, bu esa oqimning tezligi va chuqurlirgi, hamda suv sarfini oʻlchash imkonini beradi.

Kuzatuvlarni avtomatizatsiyalashtirish loyiha koʻmagida Amudaryoning quyi oqimi uchun suv taqchilligi va qurgʻoqchilik yuzaga kelishi xatari haqida 6-8 oy oldindan ogohlantirish tizimi ishlab chiqilishiga asos boʻlib hizmat qildi. Bu esa fermerlarga kelgusi yil hosilini ekishni rejalashtirish va dalalarni sugʻorish uchun zarur boʻlgan suv hajmini hisoblab chiqish imkonini beradi. Axborot loyiha doirasida ishlab chiqilgan multimodal axborot platformasi yordamida maqsadli auditoriya orasida tarqatiladi.

Platforma ishga tushirilguncha foydalanuvchilar Amudaryoning quyi oqimi uchun suv miqdorini uzoq muddatli baholangan axborot byulletenlari va maʼlumotnomalarni olishar edi. Bunday yondashuvning afzalliklaridan 5 157 nafar mutaxassis foydalandi, ularning orasida 876 nafar ayol ham bor.

Loyiha koʻmagida uchta Maslahat-axborot markazi tashkil etildi va zarur maxsus uskunalar bilan jihozlandi:

  • Nukus shahridagi Toshkent davlat agrar universitetining Nukus boʻlimida;
  • Kegeyli tumanidagi Agrar-sanoat kollejida;
  • MChJ “Konsawt Markaz”da.

 

Markazlarning faoliyati davomida ularning xizmatlaridan 21 200 nafar fermer va tomorqa yerlarini egalari foydalanishdi, ularning 600 nafarini ayollar tashkil qildi. Boz ustiga, mamlakatda qattiq karatin eʼlon qilingan COVID 19 boʻyicha pandemiya davrida Maslahat-axborot markazlari mutaxassislari “Telegramm” messenjerida maxsus tuzilgan guruh orqali on-layn rejimida axborot koʻmagini koʻrsatishni davom ettirdilar.

Muhokamalar chogʻida idoralararo guruh aʼzolari farovonlikni oshirish va zaif qishloq hamjamiyatlarini iqlim oʻzgarishiga bardoshligini oshirish, loyiha namoyon etgan innovatsiya yondashuvlar va ularning yuqori samaradorligi borasida loyiha erishgan natijalarning muhimligini taʼkdiladilar. Ular, shuningdek, loyiha natijalari moslashuv harakatlarini milliy dasturini yanada rivojlantirish uchun ishlatilishi mumkin va zarur ekanligiga  va tashabbuslarni hududiy va insoniy qamrovi boʻyicha yanada keng koʻlamli tayyorlash uchun asos boʻlib xizmat qilishiga eʼtibor qaratdilar.

Qishloq hamjamiyatlari vakillari loyiha faoliyati ularning farovonligi va ogʻir iqlim sharoitlariga moslashish qobiliyatini yaxshilashga taʼsir qilgani haqida soʻzladilar.

Shu asnoda, 41 200 nafarga yaqin inson, ularning 17 663 nafarini ayol tashkil qiladi, iqlimga bardosh, resurslarni tejovchi qishloq xoʻjaligi olib borish amaliyotini qoʻllamoqdalar. Bular - yerlarga minimal darajada ishlov berish, qishloq ekinlarini aralash oʻstirish, yem-hashaklarni ishlab chiqarish, tuproqni qishloq xoʻjaligi ekinlari qoldiqlari bilan qoplash va qator boshqlaar.

39 foizi ayollardan iborat 43 750 agrariylar suvni tejash amaliyotidan keng foydalanmoqdalar, bular - dalalrni lazer orqali tekkislash, artezian quduqlarining suv resurslaridan foydalanishni boshqarish, tomchilatib sugʻorish tizimlari va boshqa suv sarfini ikki marotaba qisqartirish imkonini beradigan tajribalardir.

Qishloq xoʻjaliklarini iqlim oʻzgarishlariga moslashtirishga yoʻnaltirilgan loyiha faoliyati natijasida 57 875 nafar odam, shu jumladan, 27 709 ayol tahsil oldi va umumiy hisobda qariyb 2 680ta oʻrnatilgan issiqxonalardan faol foydalanishmoqda.

Orol dengizining qurigan tubidagi 75 800 gektar maydonga saksovul koʻchatini ekish uchun texnik koʻmak koʻrsatilgan.

Qoraqalpogʻistonda ilk marotaba yaylov hamjamiyatlarini rivojlantirish tajribasi joriy etildi. Natijada umumiy soni 50,3 foizini ayollar tashkil qiladigan 64 723 nafar odamdan iborat 19ta qishloq fuqarolar yigʻinlari aholisini birlashtirgan 13ta yaylov kooperativlari tashkil etildi. Orasida 13 014 nafar ayol boʻlgan 25 889 nafar odam yaylov kooperativlari aʼzolari hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Yaylov Kooperativlari Uyushmasi tuzildi. Kooperativlar saksovul koʻchatlari yetishtirish uchun 50 gektar maydonda pitomniklar tashkil etdi. 2019-2021 yillarda kooperativlar tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasiga Orol dengizining qurigan tubida 30 ming gektar maydonda saksovul plantatsiyalarini yaratish maqsadida 30 million dona koʻchat hadya qilindi.

Anjuman yakunida loyiha faoliyatiga yuqori baho berilgan Muvofiqlashtiruvchi Kengashning qarori qabul qilindi.

Iqlim oʻzgarishiga moslashish chora-tadbirlarini qabul qilishda mamlakatni barqaror rivojlanishini taʼminlash boʻyicha shakllanayotgan milliy siyosatda borgan sari ustuvorlik kasb etadi va mazkur loyihaning natijalari bu jarayonga sezilarli ulush qoʻshdi.