O‘zbekistonda “Yashil makon” tashabbusi uchun bosh reja va innovatsion moliyaviy yechimlarni ishlab chiqish bo’yicha yangi loyiha ish boshladi

20-September, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

O‘zbekistondagi iqlim o‘zgarishlari, jumladan cho‘llanish, suv tanqisligi, qurg‘oqchilik va Orol dengizining qurishi sabab bo‘lgan katta muammolarga duch kelmoqda. Mamlakatdagi haroratning qo‘tarilishi va ichimlik suvining muhim manbai bo‘lgan tog‘ muzliklarining global o‘rtacha ko‘rsatkichlardan tezroq eriyotgani iqlim xavf-xatarlarini yanada kuchaytirmoqda. Suv tanqisligi mamlakatda hosildorlikning pasayishiga va natijada tez o‘sib borayotgan aholini yetarli darajada mahsulot bilan ta’minlay olmaslikka olib keladi. Orol dengizining to‘xtovsiz davom etayotgan qurishi esa muammoni yanada kuchaytirmoqda, u so‘nggi 40 yil ichida o‘z maydonining 57 foizini, hajmining 80 foizini va chuqurligining 64 foizini yo‘qotdi. Surxondaryo viloyati esa ekologik nuqtai nazardan eng noqulay ob-havo hukm suruvchi hudud hisoblanadi. Viloyatga yiliga 19 marotabagacha tezligi 20-25 m/s boʻlgan kuchli chang boʻronlar bostirib kirib, unumdor tuproq qatlamiga katta zarar yetkazadi, bu esa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari unumdorligini pasaytiradi. 

Mazkur holatni yumshatish va uni oldini olish maqsadida 2021 yilning noyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan “Yashil makon” tashabbusi ko’plab xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholandi. Ulkan maqsad va uzoqni ko‘zlagan mazkur tashabbus kelgusi besh yil davomida mamlakat bo‘ylab 1 mlrd tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi lozimligini nazarda tutadi. 

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi (BMTTD) mazkur sa’y-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlagan holda O‘zbekiston hukumatiga kompleks chora-tadbirlar turkumini ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish maqsadida, innovatsiyalar, texnologiya va siyosat sohasidagi mutaxassislarni o‘z ichiga olgan ko‘p tarmoqli guruhni tuzdi.

Joriy yilning iyun oyida BMTTD, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va BMTning qochqinlar ishlari bo'yicha oliy komissari boshqarmasining O‘zbekiston Respublikasi “Yashil makon” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bosh reja va innovatsion moliyaviy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan yangi qo‘shma loyihani ishga tushirishga kelishishgan edi.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad - uzoq muddatli innovatsion moliyalashtirish, muvofiqlashtirish va salohiyatni mustahkamlash taklifi orqali “Yashil makon” tashabbusi barqarorligi va iqlimga chidamliligini ta’minlashda  O‘zbekiston hukumatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Loyihani amalga oshirish uchun hamkorlar tomonidan jami 900 ming AQSh dollari miqdorida mablag' ajratilgan bo‘lib, 2023 yilning dekabr oyiga qadar Orolbo‘yi hududlarida va Surxondaryo viloyatida o‘rmonzorlashtirish tashabbusini moliyalashtirish hamda samarali monitoring va nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish uchun innovatsion moliyaviy vositalar bilan moliyaviy rejalarni ishlab chiqish, shuningdek O‘zbekiston landshaftlari va shaharlarini ko‘kalamzorlashitirshga qaratilgan Barqaror kelajak uchun Bosh reja ishlab chiqish hamda Surxondaryo viloyatida qum va chang bo‘ronlariga chidamlilikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Loyiha doirasida quyidagi milliy hamkor tashkilotlar, jumladan, Moliya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zgidromet, Suv xo‘jaligi vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik amalga oshiriladi.

Bugun 20 sentyabr kuni BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va BMTning qochqinlar ishlari bo'yicha oliy komissari boshqarmasi hamkorlikdagi  yangi qo‘shma loyihasining dastlabki yig’ilishi bo’lib o‘tdi. 

Yig’ilish loyihaning asl maqsad va vazifalari, amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar rejasi hamda BMTTDning innovatsion moliyalashtirish yechimlari va o‘rmonlarni o‘stirishga qaratilgan bosh rejasining texnik-iqtisodiy asoslari bo‘yicha tayyorlangan dastlabki xulosalari taqdimotini o‘tkazish va jamoaviy muhokamalar uyushtirishga bag’ishlandi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim “Yashil makon” tashabbusining vazifalari nafaqat million daraxt ekishdan iboratligini, balki million tup daraxtni to‘g’ri joyda ekib to’g’ri parvarish qilish ekanini, daraxtlarga g’amxo‘rlik qilishda faqat puxta o‘ylab muvofiqlashtirilgan harakatlargina ijobiy natijalarni ko‘rsatishi mumkiniligini ta’kidlab o’tdi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Tadbirda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash hamda atrof-muhit muhofazasiga befarq bo‘lmagan davlat va jamoat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi. 

Ta’kidlash lozimki, BMTTD tomonidan taklif etilayotgan moliyaviy vositalar mamlakatga ixtiyoriy uglerod savdosi bozorlariga yo‘l ochadi, shuningdek, o‘rmonzorlar o‘stirish orqali uglerod zaxiralarining qaytarilishini ta’minlaydi va o‘rmonlashtirish bilan bog‘liq moliyaviy yukni kamaytiradi.

Amalga oshirilayotgan Qo‘shma loyiha, ekologik va barqaror ish o‘rinlarini yaratishga, ayniqsa, O‘zbekistondagi qishloq ayollari uchun qulay ish o‘rinlarini ko‘paytirishni maqsad qilgan. Shu o‘rinda, BMTTD O‘zbekiston hukumatini aholi salomatligi va hududlardagi iqtisodiy barkamollikni ta’minlashga qaratilgan “Yashil makon” tashabbusini ohirgi bosqichigacha  qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.