O‘zbekistonda Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal bayonnomasi doirasida erishilgan yutuqlarning 36 yilligi nishonlanmoqda

15-September, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

2023 - yil 15-sentabr – bundan o'ttiz olti yil muqaddam dunyo sayyoramizni va undagi barcha tirik mavjudotlarni quyoshning ultrabinafsha nurlanishining zararli ta'siridan himoya qiluvchi ozon qatlamini yo'qotish xavfi ostida qolgan edi. Qatlam rivojlangan sanoat zamonasida ko’p ishlatilgan xloroflorokarbonatlar, metil bromid va uglerod tetraklorid kabi sun'iy kimyoviy moddalar ta’siri ostida parchalanib, butun hayotni yo'q bo'lib ketish xavfi ostida qoldirdi.

1994 yil 19-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi har yil 16-sentyabrda nishonlanadigan xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kunini ta’sis etdi. Bu 1987 yilda ozon qatlamini yemiruvchi moddalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni tartibga soluvchi Monreal bayonnomasining imzolanishi bilan bog'liq. Ozon qatlami bizni quyoshning zararli ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi va Monreal bayonnomasi BMTga a'zo barcha 198 davlat tomonidan qabul qilingan muvaffaqiyatli ekologik kelishuvdir.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda
“Barchmizning baxtimizga, jahon hamjamiyati umumiy tahdidga qarshi birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib, hamkorlikda tegishli choralarni amalga oshirishga qodir ekanligini isbotladi”,

- deydi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili vazifasini vaqtincha bajaruvchi Anas Fayyad Karman o‘zining kirish so‘zida.

BMT Bosh kotibining ta'kidlashicha, ozon qatlamini himoya qilish bo'yicha qabul qilingan xalqaro shartnomalar insonlar va sayyoramiz xavfsizligiga katta hissa qo'shgan. U global iliqlashuvni 1,5°C gacha cheklashni taklif qiladi va dunyo yetakchilarini Monreal bayonnomasiga Kigali tuzatishini kiritishni qo'llab-quvvatlashga da’vat etadi. Bunday qadam 2100 yilga borib iliqlashuv 0,5°C-ga ko'tarilishining oldini oladi. U, shuningdek, mamlakatlarni Tuzatishni ratifikatsiya qilishga va muayyan o'zgarishlarni amalga oshirish uchun biznes, fuqarolik jamiyati va ilmiy hamjamiyat bilan birlashishga chaqiradi. Maqsad - hamma birgalikda gullab-yashnaydigan dunyoni qurish.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

2023 yilgi Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni mavzusi: "Monreal protokoliga 36 yil: ozon qatlamini tiklash va iqlim o'zgarishini qisqartirish yo'lida". Vena konventsiyasi va Monreal protokoli kabi global ekologik shartnomalar sog'lom atrof muhitni ta'minlash uchun muvaffaqiyatli bo'lishi kerak. Global hamkorlik sayyoramizdagi hayot va kelajak avlodlarni himoya qilish uchun zarurdir.

O'zbekistonda ushbu sohadagi yutuqlar Jahon ekologik jamg'armasi tomonidan moliyalashtiriladigan maqsadli loyiha doirasida O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi hamda BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda tashkillashtirilgan Jizzax shoshilinch tibbiy yordam filiali bilan hamkorlikdagi konditsionerlar tizimlarini energiya tejamkor va ozon qatlami uchun xavfsiz sovutgichlarga almashtirish bo'yicha ko’rgazmali loyihani o'z ichiga olgan qator tadbirlarda o’z ifodasini topdi. Loyiha yiliga 10 mingdan ortiq bemor uchun qulay sharoit yaratadi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Shuningdek, sanaga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda respublika bo‘ylab ozon qatlamini muhofaza qilishning ahamiyatiga bag‘ishlangan darslar o‘tkazilmoqda. Biz o’quvchilarning ekologik bilimlari atrof-muhitga g'amxo'rlik qilish bo'yicha birgalikdagi  sa'y-harakatlarimizni kuchaytirish uchun muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz.