O'zbekiston Parij kelishuv majburiyatlariga qanday erishishi mumkin

19-July, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Toshkent, 2022 yil 1 iyul - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy konventsiyasi (UNFCCC) Tomonlar Konferentsiyasi (COP) mexanizmining arxitekturasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (UNDP) tomonidan Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va taraqqiyot vazirligi (FCDO) bilan birgalikda tashkil etilgan Energetika vazirligi mutaxassislari ishtirok etgan bir qator seminarlar mavzusi bo'ldi.

Seminar davomida ishtirokchilar 2021-yilda BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida (COP-26) qabul qilingan hujjatlar, jumladan, Glazgo iqlim pakti bilan tanishtirildi. Unda barcha mamlakatlarga 2022 yil oxirigacha issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish uchun Milliy Pog'onada Aniqlanadigan hissalarini (MPAH) sezilarli darajada  oshirish tomoniga qayta ko'rib chiqishga qaratilgan da'vat o'z ifodasini topgan.

2021-yilda O‘zbekiston Parij kelishuvi bo‘yicha o‘zining miqdoriy majburiyatlarini oshirdi va 2030-yilga borib YaIM birligiga to‘g‘ri keladigan issiqxona gazlarining solishtirma emissiyasini avval ko‘zda tutilgan 10 foiz o‘rniga 2010 yil darajasidan 35 foizga kamaytirishni ko'zlagan.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Parij kelishuvi boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun Oʻzbekiston iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yoqilgʻi- energiyani tejash, ishlab chiqarish quvvatlari va energiya koʻp iste'mol qiluvchi tarmoqlarni modernizatsiya va yangilashga, elektr tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish, qurilishda energiya tejovchi texnologiyalarni qo‘llash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (quyosh energiyasi, quyosh kollektorlari, kichik gidroelektr stansiyalar, biogaz qurilmalari, shamol turbinalari va boshqalar) foydalanishni keng ko‘lamda oshirish, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va boshqalarga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi bir qator qonun hujjatlarini qabul qildi.

“Seminar men va hamkasblarim uchun foydali boʻldi, chunki biz Energetika vazirligi tomonidan atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning yakuniy global maqsadi haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻldik. Oʻzbekiston oʻz oldiga ulkan maqsadni qoʻygan va uni mamlakatni barqaror va yashil yo‘l bilan rivojlantirish hamda atrof-muhitni asrash maqsadida bajarish mumkin va darkor”, — dedi O‘zbekiston Energetika vazirligining qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Umidbek Narzulaev.

Bu mintaqadagi mamlakatlarning iqlim o'zgarishi bo'yicha yanada ulug'vor choralar ko'rishga tayyorligini oshirish va milliy va mintaqaviy darajada barqarorlikni oshirishga qaratilgan seminar Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va taraqqiyot vazirligi (FCDO) moliyaviy ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmatlari markazi (O‘zgidromet) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan BMTTDning “Markaziy Osiyoda iqlim xavfsizligi bo‘yicha siyosat harakatlar – II bosqich” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.