II O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida “Integratsiyalashgan milliy moliyalashtirish strategiyasi” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi

5-November, 2022

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

42022-yil 4-noyabr, Samarqand. 2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot Strategiyasida (TS) o‘ta ulkan maqsadlar, jumladan, keyingi 5 yil ichida mamlakat yalpi ichki mahsulotini aholi jon boshiga 1,6 baravar oshirish va 2030-yilga borib o‘rtadan yuqori daromadli davlatlar qatoriga qo‘shilish kabi vazifalar belgilangan. Bu moliyalashtirish imkoniyatlarini sinchiklab o’rganib chiqish zaruratini yuzaga keltirmoqda. 2020-yilda BMTTD ko'magida ishlab chiqilgan Rivojlanishni moliyalashtirishni baholash (DFA) natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda BRMni moliyalashtirish bilan bog’liq taqchillik har yili taxminan 6 milliard AQSh dollarini tashkil etmoqda.

BMTTD O‘zbekistonga Integratsiyalashgan Milliy Moliya Dasturi (IMMD) – davlatga qarashli va xususiy moliyani milliy maqsadlarga safarbar qilish va uyg‘unlashtirish uchun yanada yaxlit yondashuvni yaratish hamda hukumat, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni kuchaytirishga yordam beradigan asosni ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. IMMDning tarkibiy qismlaridan biri milliy va xalqaro manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashgan holda ishlab chiqilgan Moliyalashtirish strategiyasidir.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakilasi Matilda Dimovskaning takidlashicha: 

“IMMD va moliyalashtirish strategiyasi aslida O‘zbekiston amalga oshirayotgan yanada kengroq, tizimli yo’lning bir qismidir. Rivojlanishga ajratilgan davlat moliyasi va xususiy moliyani rivojlanishga yo'naltirilgan davlat moliyalashtirishiga o'tkazishni o’z ichiga oladi."

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

BMTTD hamda Moliya vazirligi va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ushbu qo’shimcha tadbirdan ko‘zlangan maqsad II O‘zbekiston iqtisodiy forumi ishtirokchilarining keng auditoriyasiga Moliyalashtirish strategiyani taqdim etish, shuningdek, bir necha kun avval tadbir doirasida o‘tkazilgan muloqotlar natijalarini taqdim etishdan iborat. Shuningdek, taklif etilayotgan istiqbol yo'lini va rivojlanish bo'yicha hamkorlar Strategiyani amalga oshirish va amaliyotga tatbiq etishda qanday yordam berishlari mumkinligini muhokama qilish muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bundan tashqari, tadbir O‘zbekistonning rivojlanishni moliyalashtirish vositalari – 2021-yilda BRM obligatsiyalarini chiqarish bo‘yicha tajribasini aks ettirishga qaratildi.

***

O'zbekiston Hukumati Barqaror rivojlantirish maqsadlari (BRM)ga erishish masalasiga qat'iy yondashgan. 2018 yilda 16ta milliy BRM va ularga tegishli 125ta vazifa qabul qilingan. Ushbu tashabbus BMTTD tomonidan Xalqaro favqulodda bolalar jamg'armasi (UNIСEF), Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti (BSST) va BMT Narkotiklar va jinoyat bo'yicha boshqarmasi (BMT NJB) bilan hamkorlikda boshqariladigan «O'zbekistonda Kompleks milliy moliyalashtirish strategiyasini yaratish» BMT Qo'shma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyiha amaldagi islohotlarning taraqqiyotga ta'sirini imkon qadar oshirish uchun Kompleks milliy moliyalashtirish strategiyasini yaratishda ko'mak ko'rsatishga qaratilgan. Dastur BRM qo'shma jamg'armasi hamda Yevropa Ittifoqi va quyidagi donor-mamlakatlar hisobiga moliyalashtiriladi: Daniya, Germaniya, Irlandiya, Lyuksemburg, Monako, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Ispaniya, Shvetsiya va Shveysariya.