BMTTDning yangi tadqiqotiga muvofiq, iqlim inqiroziga qarshi kurashga jahonda qambagʻallar uchun ajratilgan har bir dollarga qaraganda iqlim inqirozini qoʻllovchi qazilma yoqilgʻisiga ajratiladigan subsidiyalarga toʻrt dollar sarflanar ekan

BMT Taraqqiyot dasturining “Yoʻq boʻlishni tanlamang” mavzuidagi yangi kampaniyasi ugolevodorod yoqilgʻisiga subsidiyalar ajratilishi odamlar va sayyora uchun salbiy taʼsir koʻrsatishiga eʼtiborni yanada faolroq jalb qilishga qaratilgan.

29-October, 2021

29 oktabr - Nyu-York - Har yili jahonda neft va qazilma yoqilgʻining boshqa turlari, gaz va koʻmirni yoqilishi hisobiga olinadigan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun yoqilgʻining qazilma turlarini subsidiyalashga hayratda qoldiradigan 423 milliard  AQSh dollarini sarflaydigan, BMT Taraqqiyot dasturining bugun eʼlon qilingan yangi tadqiqotiga muvofiq, harajatlar miqdori kambagʻal mamlakatlarga iqlim inqiroziga qarshi kurashda yordam berish uchun talab etiladigan mablagʻdan toʻrt karra koʻp. Bu, keyingi haftada boʻlib oʻtadigan COP26 global iqlim konferensiyasi arafasida oʻziga xos anchagina qiyin masaladir.

Ushbu subsidiyalarga bevosita sarflangan mablagʻ miqdori olamdagi har bir insonni COVID- 19ga qarshi vaksinasiga haq toʻlash uchun yetarlidir. U, shuningdek, eng muhtoj global faqirlikni yoʻq qilish uchun zarur boʻlgan yillik mablagʻ miqdoridan uch karra koʻpdir. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi yaqinda eʼlon qilgan maʼlumotlarga koʻra, bilvosita harajatlar, shu jumladan, atrof muhitga yetkazilgan zarar ushbu subsidiyalarga qoʻshilgan taqdirda, mazkur raqam deyarli 6 trillion AQSh dollarigacha oʻsar ekan.

BMTTD tahlilini taʼkidlashicha, soliq toʻlovchi tomonidan toʻlanadigan bu mablagʻlar oxir-oqibat tengsizlikni yanada chuqurlashtiradi va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash boʻyicha choralarni qabul qilishga toʻsqinlik qiladi. 

COVID-19 pandemiyasi global iqtisodiyotning eskirib qolgan yondashuvlarini ochib tashladi. U yuz millionlab odamlar kambagʻallikda yashayotgan va iqlim falokati kuchayib borayotgan bir sharoitda olamda milliardlab dollar qazilma yoqilgʻisi uchun subsidiyalarga sarflashni davom ettirayotgani kabi haqiqatdan iboratdir. Bunday sharoitda biz oʻzimizga savol beraylik: qazilma yoqilgʻini subsidiyalashda davlat pullaridan foydalanish maqsadga muvofiqmikan?", - dedi BMTTD maʼmuri Axim Shtayner.

Qazilma yoqilgʻiga subsidiyalar besamara va adolatsizlikdir. XVJni maʼlumotlariga koʻra, rivojlanayotgan mamlakatlarda qazilma yoqilgʻi isteʼmolini qoʻllashga sarflanayotgan davlat resurslarining taxminan yarmi aholining 20 foiz boy qatlamiga foyda keltiradi. 

Qazilma yoqilgʻiga subsidiyalar muammosini hal qilish – bu muhim siyosiy masaladir, lekin haqiqat shundan dalolat bermoqdaki, agarda islohot kambagʻallarga koʻmak bersa, ish oʻrinlarini yaratsa va sayyorani himoya qilib  toʻgʻri yoʻlda olib borilsa u zarurdir”, - deya qayd etdi Jorj Grey Molina, siyosat va dasturlarni qoʻllab quvvatlash masalalari boʻyicha BMTTD Byurosining yetakchi iqtisodchisi va tadqiqotning hammuallifi. “Biz mazkur tadqiqot “yashil” iqtisodiyotga oʻtishni va barcha mamlakatlarni adolatli rivojlanishini taʼminlashda islohot oʻynashi mumkin boʻlgan hal qiluvchi rol haqidagi muloqotni katalizator boʻlishi mumkinligiga umid qilamiz”. 

Boʻlajak G20 va COP26 uchrashuvlari arafasida nashr etilgan hisobot iqtisodchilar va siyosatchilar, hamda XVJ va Jahon banki tomonidan qazilma yoqilgʻiga subsidiyalarni isloh qilish zaruriyatini oʻsib borayotgani tan olinishi sharoitida ishga solinmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham islohotga qatʼiyat bilan daʼvat qildi.

Odamlar va sayyora uchun qazilma yoqilgʻini olish uchun subsidiyalar ajratilishini mutlaqo salbiy oqibatlariga eʼtiborni qaratish maqsadida BMTTD yangi kampaniya doirasida qiziqarli qisqa metrajli filmni tayyorladi. Unda dunyoda yoʻq boʻlib ketgan eng mashhur hayvonlardan biri - dinozavr BMT Bosh Assambleyasida maʼruza qiladi va “Yoʻq boʻlishni tanlamang” deya jahon yetakchilarini qazilma yoqilgʻiga subsidiyalar ajratishdan voz kechishga daʼvat qiladi.

Barcha jahonga taniqli boʻlgan shaxslar ishtirok etayotgan “Yoʻq boʻlishni tanlamang” kampaniyasi qazilma yoqilgʻiga subsidiyalar bugungi kunga kelib iqlim oʻzgarishini bartaraf qilish yoʻlida erishilgan sezilarli taraqqiyotni yoʻq qilishi va boylarga foyda keltirgan holda tengsizlikka koʻmak berishi haqida jamiyatni xabardorligini oshirishga qaratilgan.

Favqulodda iqlim vaziyatining asosiy manbai energetika sektori hisoblanadi, u issiqxona gazini antropogen havoga chiqarilishini 73 foizini tashkil qiladi. Qazilma yoqilgʻisini subsidiyalashni isloh qilish SO2 chiqarilishlarini qisqarishiga koʻmak beradi va insonning salomatligi va farovonligiga foyda keltiradi. Bu islohotlar qazilma yoqilgʻini jamiyat va atrof muhit uchun foydalanilishining “haqiqiy” va toʻliq narxini aks ettiradigan energiyani toʻgʻri narxlash tomon birinchi  qadam boʻladi.

BMTTD tahlilini koʻrsatishicha, qazilma yoqilgʻini subsidiyalashni isloh qilinishi, agarda u yomon rejalashtirilgan boʻlsa, uy xoʻjaliklari va jamiyat uchun adolatsiz boʻlishi ham mumkin. Vaholanki, qazilma yoqilgʻiga subsidiyalar, odatda, tengsizlik vositasi hisoblanadi, chunki daromadlarning eng katta qismi badavlat odamlar orasida jamlanadi, ammo ushbu subsidiyalar, shuningdek, faqir odamlar daromadini muhim qismini tashkil qiladi, aks holda ular energiya isteʼmoliga sarflanishi lozim boʻladi. Shunday qilib,  qazilma yoqilgʻiga subsidiyalarni bekor qilinishi daromad va energiyani birlashtirish strategiyasiga osonlik bilan aylanishi mumkin. Bu qazilma yoqilgʻi islohotini qiyinlashtiradi va energiyaning toza va qayta tiklanadigan manbalariga oʻtishda asosiy toʻsiqni yaratadi.

Keltirilganlarni inobatga olgan holda BMTTD tadqiqoti islohotlarga izchil va bosqichma-bosqich munosabat bildirishga chaqiradi. U turli mintaqalardagi  bir necha mamlakatda toʻplangan muvaffaqiyat tarixini tahlilini oʻz ichiga oladi, hamda qazilma yoqilgʻini subsidiyalash va energiyaga narxlarni belgilash sohasida islohotlarni qoʻllab-quvvatlashda siyosatchilarga vositalarni taklif qiladi. Vositalar oʻziga daromadlarni va kam taʼminlangan guruhlarga kompensatsiyalarni himoya qilishni oʻziga jamlagan adolatli va teng huquqli bgosqichma-bosqich yondashuvni qoʻllash imkonini beradi.

Biz iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish uchun qanday haq toʻlaymiz, deb oʻylaganimizda qazilma yoqilgʻiga subsidiyalar minus 423 milliard dollar koʻrsatkichidan amalda boshlashimizni anglatadi”, - deya qoʻshimcha qildi Axim Shtayner. “Islohot – oddiy vazifa emas, va sof energiyaga oʻtish koʻplab mamlakatlarda qator murakkab muammolarni oʻzida aks ettiradi. Chunki har bir mamlakat oʻz yoʻlida borishi lozimm. Ammo biz, shuningdek, sayyoramizga zarar yetkazayotgan energiyaning ushbu manbalaridan voz kechishimiz lozimligini ham bilamiz. Ular uchun adolatli va teng asosda moliyaviy koʻmakni toʻxtatilishi ushbu oʻtishning muhim unsuri hisoblanadi. BMT Bosh kotibi insoniyat uchun “qizil kod” deb atagan Iqlim oʻzgarishi boʻyicha ekspertlarning hukumatlararo guruhining yaqinda eʼlon qilingan hisobotini koʻrsatishicha, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash boʻyicha faqatgina eng ulkan chora-tadbirlargina global isishni selsiy boʻyicha 1,5 darajagacha cheklay oladi. Bu, fanga muvofiq, iqlim falokatdan qutulish uchun zarurdir.” 

“Yoʻq boʻlishni tanlamang” kampaniyasi hozirgi zamonning eng muhim muammolarini hal qilishga yordam beradigan GlobalMindpool jamoaviy idrok platformasini oʻziga olgan. Butun olamning iqlimiy favqulodda vaziyatlar, tabiat inqirozi va tengsizlikka yoʻgʻrilgan gʻoyalarini birlashtirar ekan, Global Mindpool xabardorlikni oshirish uchun va maʼlumotlarni hukumatdagi siyosatchilar, fuqarolik jamityati va xususiy sektortaqdim etishda BMTTDni qoʻllaydi. 

“Yoʻq boʻlishni  tanlamang” kampaniyasi haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni www.dontchooseextinction.com saytida topishingiz mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi kambagʻallikdan kelib chiqqan adolatsizlik, tengsizlik va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashuvchi BMTning yetakchi tashkiloti hisoblanadi. Jahonning 170 mamlakatidagi ekspertlar va hamkorlarning keng tarmogʻi bilan ishlar ekanmiz, biz insonlar va sayyora uchun integrallashgan, uzoq muddatli yechimlarni yaratishda yordam beramiz. Batafsilroq axborot undp.org saytida yoki @UNDPda bizga qoʻshiling.