BMTTD Seul siyosat markazi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi “Toza portal: O‘zbekistonda korrupsiya to‘g‘risida hisobot berishning samarali mexanizmini yaratish” mavzusidagi yangi BRM hamkorlik dasturi

7-November, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Joriy yilning 3-noyabr kuni Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasi (AKRC) BMTTD Seul siyosat markazi (USPC), BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi (AKA) bilan hamkorlikda “ Koreyaning korrupsiya va jamoat manfaatlari buzilishi toʻgʻrisida xabar berish “Toza portal” elektron tizimi asosida Oʻzbekistonda korrupsiya toʻgʻrisida hisobot berishning samarali mexanizmini yaratish” mavzusida vebinar tashkil qildi. Vebinar USPCning “Toza portal” bo‘yicha BRM hamkorlik dasturining bir qismi bo‘lib, u Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanishning 16-maqsadiga hissa qo‘shadi. BRM hamkorlik dasruri doirasida “Toza portal” yondashuvini O‘zbekiston milliy sharoitiga moslashtirish bilan bog‘liq tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratadi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Vebinar davomida har ikki davlatdagi asosiy hamkorlar tanishtirildi va tomonlar o‘rtasida interaktiv muloqot boshlandi. ACRC Koreyaning "Toza portal" modeliga tegishli tanishtiruvchi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi esa O‘zbekistonda Koreya modeli asosidagi mavjud mexanizmni modernizatsiya qilishning xususiyatlari va rejalari bilan tanishtirdi.

Vebinar ACRC raisi Chung Xyun-Heui xonimi, USPC direktori vazifasini bajaruvchi doktor Enn Jupner, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskaya va O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtashevaning kirish so'zlari bilan boshlandi. Ochilish so‘zida notiqlar oshkoralik va hisobdorlik bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish tarafdori ekanliklarini bildirdilar hamda bu maqsadga erishishda korrupsiya holatlari haqida xabar berishning sodda va ishonchli mexanizmi muhimligini ta’kidladilar.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Vebinar shuningdek, ACRC va USPC bilan davlat organlarining korrupsiyaga qarshi faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish loyihasi bo'yicha oldingi hamkorlik natijalarini sarhisob qilish uchun imkoniyat bo'ldi.

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi Samarali boshqaruv dasturi tahlilchisi Nariman Muradasilov tashabbusning O‘zbekistonda muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijalari bilan tanishtirdi.Uchrashuv ACRC xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori janob Yong Chje Vonning yakuniy so‘zi bilan yakunlandi. U O‘zbekistonni davlat organlarining korrupsiyaga qarshi faoliyati samaradorligini baholash vositasi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani bilan qutladi va O‘zbekiston bilan “Toza portal” doirasidagi sheriklik, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan mamnunligini bildirdi.