BMTTD O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o’tishda istiqbollar tahlili va forsayt yondashuvini olg’a surmoqda

5-July, 2023
Image: UNDP Uzbekistan

2023 yil, 4 iyul, Toshkent – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) strategik qarorolarni ishlab chiqishda istiqbollar tahlili va forsayt yondashuvini keng joriy etishni targ’ib qilmoqda. BMTTD faqat tendensiyalar tahlili va aniq ma'lumotlarga tayanish uzoq muddatli istiqboldagi voqealarni aniq bashorat qilish uchun yetarli emasligini e’tirof etadi. Bundan kelb chiqib BMTTD global muammolarni samarali yechimlar qidirishda muqobil kelajak ssenariylarini hisobga oladigan ishonchli strategiyalar ishlab chqilishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Image: UNDP Uzbekistan

O‘zbekistonda BMTTD o‘zining dasturiy faoliyatida forsayt yondashuvini tadbiq qilish bo‘yicha innovatsion qadamlarni tashlashni boshladi, dastlabki tanlangan mavzu - yashil iqtisodiyotga o‘tish. Mazkur yondashuv muqobil kelajak istiqbollarini tasavvur qilishga va strategik qarorlarni qabul qilishda ularni hisobga olishga asoslanadi. BMTTD qarorlar qabul qilish jarayoniga turli nuqtai nazarlarni kiritgan holda davlat idoralari, tadqiqot markazlari, NNT va xususiy sektorni jalb qilish orqali hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qiladi.

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska shunday dedi: “O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida forsayt yondashuvini qo‘llash bo‘yicha ilk tadbirni muhim bosqich sifatida e’lon qilishdan faxrlanamiz. Turli manfaatdor tomonlarni birlashtirgan muhitda o'zgarishlar drayverlari, ssenariylar va potentsial oqibatlar shaklidagi mulohaza qilishga turtki beradigan natijalarni taqdim etdik. Maqsadimiz aniq nima ro’y berishini bashorat qilish emas, balki tanqidiy fikrlashni rag'batlantirish, odatiy taxminlarni shubha ostiga qo'yish va noaniqliklar sharoitida barqaror kelajakni bunyod etishga qaratilgan qarorlarga ta’sir qiluvchi kuchlarni aniqlashdir".

Image: UNDP Uzbekistan

2022 yildan 2023 yilgacha bo'lgan davrda bir qator onlayn va yuzma-yuz muloqotlar davomida global futurologlar, BMTTD ekspertlari va hukumat hamkorlari Xyuston universiteti tomonidan ishlab chiqilgan Forsayt tizimidan foydalandi. Ushbu hamkorlikdagi faoliyat domen xaritasini tuzish, o'zgarishlar signallarini skanlash, o'zgarishlarning drayverlarini yaratish, kelajakning muqobil ssenariylarini modellashtirish va hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan joriy islohotlarni qo'llab-quvvatlash uchun amaliy g'oyalarni aniqlashni o'z ichiga oldi. Aniqlangan g‘oyalar qatoriga milliy tarif tizimini ishlab chiqish, yoshlarni “yashil” iqtisodiyotga jalb etishga ustuvor ahamiyat berish, ichki salohiyatni oshirishga alohida e’tibor qaratish va hukumatlararo muvofiqlashtirishni mustahkamlash kiradi. Batafsil ma'lumot uchun “O’zbekistonda yashil iqtisodiyotga o'tishning kelajagi” forsayt hisoboti bilan tanishib chiqing [havola].

Ushbu natijalar va xulosalarga asoslangan holda, BMTTD tajribalarni va prototiplashni davom ettirishni rejalashtirmoqda, bu esa moslashuvchan strategiya va qarorlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Konseptual ssenariylarga asoslangan holda, BMTTD kutilmagan muammolarga nisbatan chidamlilik va moslashuvchanlikni ta'minlashga intiladi.

BMTTD transformativ oʻzgarishlarga erishishga qaratilgan qarorlarni ishlab chiqishda forsayt va ssenariylarga asoslangan yondashuvlardan foydalanishda zarur yordamni taqdim etishga tayyor. Ushbu sa’yi-harakatlar orqali BMTTD O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o’tish jarayonidagi sinovlarni yengib o‘tish va barqaror kelajakni barpo etishdagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga intiladi.