Mahalliy jamoalar uchun samarali qayta aloqa mexanizmi

11-May, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

2023-yilning 10-may kuni FVV, O‘zgidromet va BMTTDning, Yashil iqlim jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan, qo‘shma loyihasi doirasida, Bo‘stonliq va Parkent tumanlaridagi mahalliy aholi uchun, yangi yaratilgan “shikoyatlar va fikrlarni ko‘rib chiqish mexanizmi”(GRM) bo‘yicha birinchi tanishuv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida ishtirokchilar GRM faoliyatining asosiy tushunchalari va tamoyillari, shikoyat va takliflar berish usullari va kanallari bilan tanishib o’tdilar.

GRMni yo’lga qo’yish va samarali ishlashini ta'minlashning muhim bosqichi loyiha faoliyatidan ta’sir ko’rgan tomonlarning ushbu mexanizm haqida xabardorligini oshirish, shuningdek ularni shikoyat va fikrlar berish usullari va tartibi bilan tanishtirishdan iboratdir.

Shu maqsadda loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida mahalliy aholi, xotin-qizlar kengashi, maktab, bog‘chalar va mahalliy hokimliklar vakillari uchun GRM bo‘yicha tanishtiruv seminarlari o‘tkazish ham rejalashtirilgan. 

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

GRM fuqarolar va jamoalar uchun, BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha fuqarolarga yoki ular yashab turgan atrof-muhitga salbiy ta'sir etgan bo’lsa yoki salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin deb hisblansa, bevosita BMTTDga shikoyat va fikrlar bilan murojaat qilish imkoniyatini beradi.

GRM loyiha manfaatdor tomonlarini jalb qilish jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Inklyuzivlik, shaffoflik va adolatlilik tamoyillari asosida qurilgan samarali GRM fuqarolar va loyiha o‘rtasida ishonch va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu mexanizm barcha ta’sir ko’rgan tomonlarga, shu jumladan ayollar, keksalar va aholining marginal guruhlariga, shikoyat va fikrlarni bildirish uchun qulay yo’llarini Staqdim etishga va ularning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kuchaytirishga intiladi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

GRMning asosiy maqsadi loyihaning ekologik-ijtimoiy faoliyati bilan bog'liq shikoyatlarning tezkor, adolatli va samarali hal etilishini ta'minlashdan iborat. Bunga o'z navbatida, gender jihatlari va madaniy xususiyatlarni hisobga olgan holda aniq, shaffof va barcha jabrlangan shaxslar uchun ochiq bo'lgan tartiblardan foydalanish orqali erishiladi.

Ushbu tashabbus “O'zbekistonda iqlim o'zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavfli tabiiy hodisalarga nisbatan jamoalarning chidamliligini oshirish uchun kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.