Baxtiyor Ahmedov: yorugʻlik va issiqlik olib keluvchi

Qoraqalpogʻistonlik elektrik talabga ega kasbni qanday egallagani haqida.

29-June, 2023

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Muallif: Bekzat Anarbekov

Baxtiyor Ahmedovning tongi telefon qoʻngʻirogʻidan boshlanadi – Mangʻit qishlogʻida uning yordami juda zarur. Baxtiyor aka, uni atrofidagilar shunday chaqiradi, asbob-uskunalar solingan qutisi doim tayyor va tez nonushtaqilganidan soʻng qoʻshni qishloqqa joʻnab ketadi, chunki uni intiqlik bilan kutishadi – u oʻzi bilan uylarga yorugʻlik vaissiqlik olib keladi. Baxtiyor Ahmedov Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo tumanidan, u elektromontyor, yangi turarjoylarga – koʻp qavatli va xususiy uylarga oʻrnatilayotgan quyosh fotoelektr tizimlariga texnik xizmatkoʻrsatuvchi kam sonli mutaxassislardan biri.

Bunday mutaxassislarga talab hozirda ancha yuqori, chunki tobora koʻproq odamlar ekologik toza energiyamanbalarini, shu jumladan quyosh panellarini oʻrnatishga qaror qilmoqda. Shu sababli, quyosh panellarini oʻrnatish vatexnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislar barqaror buyurtmalar oqimiga umid qilishlari mumkin.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda
“Men qishloqda oʻsganman, bizda doimo elektr uzilishlari boʻlardi. Quyosh panellarini oʻrganganim va koʻrganimdansoʻng, bu yechim qishloqdagi odamlarning hayot sifatini oʻzgartirib, ularni baxtliroq qilishi, oʻz navbatida, meni hamoʻz ishimdan zavq olishimni angladim”

– deydi Baxtiyor aka.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Qoraqalpogʻistonda va qoʻshni Xorazm viloyatida quyosh batareyalari oʻrnatilgan uylar qurila boshlangan paytdanoqBaxtiyor Ahmedov internetda quyosh panellarining ishlash tamoyillari, oʻrnatish sxemalarini oʻrgana boshladi vamuqobil energiya manbalarining zamonaviy qurilmalariga xizmat koʻrsatishni oʻrganish imkoniyatini izlay boshladi. Respublikada maxsus kurslar yoʻq edi, shuning uchun Baxtiyor aka yangi binolarda quyosh tizimlarini jihozlagan vaoʻrnatgan kishilardan oʻrganish imkoniyatlarini izlay boshladi.

2020-2021-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Buxoro, Namangan va Toshkent viloyatlarida “Oʻzbekistonda energiya tejamkor qishloq uylari qurilishini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasi doirasida har biri 600 vatt quvvatga ega quyosh fotoelektr tizimlari (FET) toʻrt qavatli turarjoy binolarining tomlariga oʻrnatildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilanbirgalikda Global Ekologiya Fondi (GEF)ning grant koʻmagida amalga oshirilayotgan loyihaning maqsadi Oʻzbekistonqishloq aholisini atrof-muhitga zarar etkazmaydigan arzon yashash sharoitlariga ega, obodonlashtirilgan va zamonaviyuy-joy bilan taʼminlashdan iborat. Loyiha Oʻzbekistonning jadal rivojlanayotgan qishloq uy-joy sektorini issiqxonagazlari chiqindilarini kamaytiradigan yanada barqaror rivojlanish yoʻliga oʻtkazishga yoʻnaltirilgan.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Loyiha 528 ta xonadonning har biriga asosiy energiyaga boʻlgan ehtiyojini taʼminlaydigan quyosh elektr tiziminioʻrnatgan holda 22 ta koʻp xonadonli uyni qamrab oldi, ular televizor va energiya samarali muzlatgichni ishlatish, shaxsiy elektron qurilmalarni quvvatlantirish uchun rozetkalarni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Oʻrnatilgan FETbinoning issiqlik izolyatsiyasi bilan birga bu uylarni energiya samarali (ES) va past uglerodli (PU) uylarga aylantiradi.

BMTTD xodimlari FETga texnik xizmat koʻrsatuvchi “maktab koʻrmagan” elektromontyor haqida bilib qolib, ungaloyiha jamoasining bir qismiga aylanishni va mamlakatda fotoelektr tizimlarini oʻrnatish va texnik xizmat koʻrsatishdaishtirok etish uchun toʻliq malaka oshirish kursini taklif qilishdi. Bugungi kunda Baxtiyor Ahmedov quyoshbatareyalari va invertorlarini oʻrnatadi va sozlaydi, asbob-uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashni amalgaoshiradi, elektr energiyasini ishlab chiqarish bilan bogʻliq muammolarni aniqlaydi va ularni bartaraf etadi, foydalanuvchilarni quyosh batareyalaridan foydalanishga oʻrgatadi hamda ularning imkoniyatlarini namoyish etadi. Qolaversa, u hozirgacha respublikada kam sonli mutaxassislardan biri boʻlib, yosh elektromontyorlarga FETni oʻrnatishva texnik xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi elektriklik mahoratiga oʻrgatadi.

“Atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatda boʻlish, atmosferaga chiqindilar tashlanishini kamaytirish muhimliginiodamlar tushuna boshladi, chunki havoning ifloslanishi va suv tanqisligi muammolari har bir oilani qamrab oldi. Mamlakatimizda moʻl-koʻl boʻlgan quyosh energiyasidan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanish bugungi kunda har biroila foydalanishi mumkin boʻlgan texnik yutuqdir”

– deydi Baxtiyor Ahmedov.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda
“Quyosh batareyalari tufayli xonadonlarimiz umumiy elektr tarmogʻidan uzilish davrida avtomat ravishda FET tizimlariga ulanadi. Chiroqlar oʻchmaydi, uylarimiz issiq, quyosh nuridan olinadigan tabiiy energiya atrof-muhitga, oilabyudjetiga katta foyda keltiradi. Baxtiyorga oʻxshagan insonlarga rahmat, uyini quyosh batareyalariga ulashnirejalashtirayotganlar koʻpayib bormoqda”

— deydi mahalla faoli Berdibay Qidirbayev.

Baxtiyor Ahmedov kechki soat yettilarda uyiga qaytadi. Bir kunda bir necha qishloqqa borishga toʻgʻri keldi. Uni uydakatta oila kutmoqda. “Kichkina qishloqning oddiy bolasi, qachonlardir quyosh energiyasi tufayli uylarga yorugʻlik vaissiqlik olib keladigan, odamlarning hayotini yaxshilaydigan texnologiyalar bilan shugʻullanishni orzu hamqilmagandim, bu meni xursand qiladi”, – deydi Baxtiyor aka.

“Kichkina qishloqning oddiy bolasi, qachonlardir quyosh energiyasi tufayli uylarga yorugʻlik vaissiqlik olib keladigan, odamlarning hayotini yaxshilaydigan texnologiyalar bilan shugʻullanishni orzu hamqilmagandim, bu meni xursand qiladi”
Baxtiyor Ahmedov