BIOFIN

Bioxilma-xillikni moliyalashtirish tashabbusi (BIOFIN) II bosqich

Loyihaning maqsadi:

O‘zbekiston BIOFIN (Bioxilma-xillikni moliyalashtirish) tashabbusiga 2021-yilda qo‘shildi. BMTTDning Toshkentdagi vakolatxonasi O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda bioxilma-xillikni moliyalashtirish strategiyasi va siyosatini qayta ko‘rib chiqmoqda. Loyihada, shu hududda joylashgan davlat, nodavlat va xususiy sektorlar manfaatlarini ta’minlash uchun, hamkorlik va inklyuziv yondashuvlardan foydalaniladi. Xususan, BIOFIN O‘zbekiston jamoasi tegishli vazirlik va idoralar (ecologiya, iqtisodiyot va moliya, o‘rmon, gidrometeorologiya, qishloq va suv xo‘jaligi) va fuqarolik jamiyati tashkilotlari (qushlarni himoya qilish, asalarichilik va boshqa sohalar) bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi, shuningdek, o‘z faoliyatini ular bilan muvofiqlashtirgan holda olib boradi.

Bioxilma-xillikni moliyalashtirish tashabbusi (BIOFIN) global dasturdir. Unda bioxilma-xillikni muhofaza qilish uchun sarflangan harajatlarning joriy darajasini o‘lchash, kelajakda moliyalashtirish ehtiyojlarini baholash hamda moliyaviy vositalar va yechimlardan foydalanish bo‘yicha kompleks rejalarni yaratish metodologiyasi ishlab chiqilgan. Ushbu metodologiya sinovdan o‘tkazilib doimiy ravishda takomillashtirilib boriladi. Bular moliyalashtirishni ko‘paytirishga, sarf-xarajatlarning zararli ta'sirini kamaytirishga va bioxilma-xillikni nazorat qilishning moliyaviy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Hozirgi kunda Oʻzbekistonning biologik xilma-xilligi fanga maʼlum boʻlgan 27 mingga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Shundan 11 mingga yaqin tur  - yuqori qon tomir o‘simliklari, moxlar, likenlar, zamburug'lar va suv o‘tlari, 15,6 mingdan ortiq turlar esa fauna vakillaridir. Oʻzbekistonda yuqori tomirli oʻsimliklar endemizmi 8% ga yaqin. Relikt endemiklari umumiy endemik turlarning 10-12% ni tashkil qiladi.

Asosiy maqsadlar:

BIOFIN bosqichma-bosqich moslashtirib boriladigan metod orqali mamlakatlarni milliy siyosiy muloqotini va transformatsiya jarayonlarini boshlashda qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu metod biologik xilma-xillikni saqlab qolish uchun moliyalashtirishning joriy yondashuvi va shu sohada milliy rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan yondashuv o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish maqsadida kerakli resurslarni safarbar qilish va zarur bo‘lgan siyosatni aniqlashni nazarda tutadi.

Kutilayotgan natijalar:

  • Biologik xilma-xillik va ekotizim xizmatlarini sanoat va rivojlanish siyosatiga integratsiya qilish, rejalashtirish va moliyalashtirish;

  • Biologik xilma-xillik va ekotizim xizmatlarini boshqarish, saqlash uchun moliyaviy ehtiyojlarni baholash;

  • Biologik xilma-xillikni moliyalashtirish ehtiyojlarini qondirish uchun turli xil moliyalashtirish manbalarini aniqlash, birlashtirish va tartibga solish, resurslarni safarbar qilish rejasini ishlab chiqish;

  • Resurslarni safarbar qilish rejasiga kiritilib tanlanlab olingan variantlarni sinovdan o‘tkazish.

Impact

START DATE

January 2018

END DATE

December 2025

STATUS

Ongoing

PROJECT OFFICE
IMPLEMENTING PARTNER

United Nations Development Programme

DONORS

AFRICAN DEVELOPMENT BANK

Dept of Forgn Afrs Trade & Dev

Digital Good

EUROPEAN COMMISSION

Federal Office for the Environment-FOEN

GOVERNMENT OF BELGIUM

GOVERNMENT OF FRANCE

GOVERNMENT OF GERMANY

GOVERNMENT OF NORWAY

GOVERNMENT OF UNITED KINGDOM

Government of Flanders

UNDP Funding Windows

UNITED NATIONS DEVELOPMENT PROGRAMME

Unspecified

TOTAL CONTRIBUTIONS

$68,669,455

DELIVERY IN PREVIOUS YEARS

2017$0

2018$852,510

2019$4,849,550

2020$5,580,277

2021$6,043,218

2022$8,259,339

2023$9,547,582

2024$667,381

Full Project information