Ombudsman apparati xodimlarini kompleks o'qitish orqali nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlarini mustahkamlash

8-November, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Toshkent, O'zbekiston, 2023 - yil 8-9-noyabr kunlari O'zbekiston Respublikasi BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) Finlyandiya hukumatining keng ko'lamli ko'magidagi tashabbusi doirasida nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan ikki kunlik muhim treningni o'tkazmoqda. Toshkentda o'tkazilayotgan trening O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning mintaqaviy vakillarini nogironligi bo'lgan shaxslar uchun inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga oid zarur bilimlar bilan ta'minlaydi. “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash”  qo‘shma loyihasining bir qismi bo‘lgan ushbu tashabbus O‘zbekistonning nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirishga bo’lgan sodiqligini ta’kidlaydi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yilda "Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Farmonni imzoladi. Ushbu Farmonning imzolanishi 2021-yil 7-iyunda “Nogironlar huquqlari” to'g'risidagi Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishiga olib keldi va bu O'zbekistonning ushbu g’oyaga sodiq ekanligini namoyish etdi. Keyinchalik, 2022-yil 19-dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan “O'zbekiston Respublikasida Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiyani amalga oshirish bo'yicha 2023 — 2025-yillarga mo'ljallangan Milliy harakatlar rejasi” to’g’risidagi qo'shma qaror qabul qilindi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

BMTTD tomonidan tashkil etilgan trening ishtirokchilariga BMTning “Nogironlar huquqlari” to'g'risidagi Konvensiyani (CRPD) chuqur o‘rganish imkonini berish barobarida, uning asosiy tamoyillari, atamalari va nogironligi bo’lgan shaxs ta’rifiga oid har tomonlama tushuncha beradi. Bundan tashqari, tashabbus doirasida tenglikni ta'minlashga qaratilgan xalqaro yondashuvlar ko'rib chiqilmoqda, nogironlik alomati bo'yicha kamsitishlar muammosi o’rganilmoqda, xalqaro inson huquqlari organlarining O'zbekiston tomonidan qabul qilingan tavsiyalari yoritilmoqda. Trening dasturi Ombudsman va nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT)ning nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishda muhim rol o'ynashini urg’ulaydi.

Tadbirni o’z chiqishlari bilan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili Feruza Eshmatova, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari janob Anas Karman va Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi elchisi janob Ilkka Raisannen kabi nufuzli spikerlar ochib berdilar.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayyad Qarman asosiy manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini targ’ib qilish, ularning odil sudlovdan teng foydalanish imkonini ta’minlash, inklyuziv va qulay yuridik yordam tizimini yaratish muhimligini ta’kidladi.

Ushbu keng qamrovli oʻquv dasturi Oʻzbekistonning barcha insonlarning imkoniyatlaridan qatʼi nazar, huquqlari himoyalangan yanada inklyuziv jamiyat sari olgʻa tashlangan muhim qadamidir. Ushbu tashabbus davomida olinajak bilim va tajriba BMTning O'zbekistonda “Nogironlar huquqlari” to'g'risidagi Konvensiyani samarali amalga oshirishida muhim rol o'ynashi ko'zda tutilgan.

BMTTD O‘zbekiston hukumatining har bir inson uchun tenglik, adolat va qadr-qimmat muhitini yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.