Hisor Davlat qo‘riqxonasining tashrif markazi Shahrisabz aholisi uchun eshiklarini ochdi

20-June, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Bugungi kunda biz insoniyatning ekotizimlarga nisbatan davomiy noto‘g‘ri munosabati tufayli yuzaga kelgan ekologik muammolarning guvohi bo‘lmoqdamiz. BMTTD, Global ekologik fond (GEF) va O‘zbekiston Respublikasi Davekoqo‘mning “Global ahamiyatga ega bioxilma-xillik uchun muhim asosiy tog‘li hududlarda tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va o‘rmonlarni boshqarish” qo‘shma loyihasi tog‘ ekotizimlariga diqqatni qaratgan holda, bioxilma-xillikni asrash masalalarini hal etishda O‘zbekiston hukumatini qo‘llab-quvvatlab keladi. Hamkorlikdagi ishlarning asosiy qismi muhofazalanuvchi tabiat hududlari yaqinida yashovchi aholining ekologik ma'rifatini oshirishga qaratilgan.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

2022 yil 19 iyunda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida, BMTTD Yevropa va MDH bo‘yicha Mintaqaviy byurosi direktorining o‘rinbosari Marina Uolter xonim ishtirokida  Hisor Davlat tog‘-archa qo‘riqxonasining interaktiv tashrif markazi ochilishi o‘tkazildi. O‘zbekistonga birinchi bor rasmiy tashrif bilan kelgan Marina Uolter ochilish marosimidagi o‘zining tabrik so‘zida: “Bilim va axborot almashinuvi bo‘yicha yangi platformalar, innovasion eksponatlar, nashrlar va mahalliy hamjamiyatlar, ayniqsa bolalar bilan bahs-munozaralar orqali, tashrif markazi kislorod, toza suv va havoning muhim manbasi bo‘lmish Hisor mintaqasi ekotizimlarining ahamiyatini, shuningdek changlatish jarayonlari, hasharotlar populyasiyasini nazorat qilish, oqava suvlarni qayta ishlash va boshqa muhim tabiiy jarayonlarning muhimligini yanada to‘liqroq tushunishni shakllantira oladi, deb umid qilaman”,- deya qayd etdi.

Yangi tashrif markazi BMTTD va Davekoqo‘mning umumiy maqsadi – bioxilma-xillik va tabiiy resurslarni asrash va ularga nisbatan ehtiyotkoona munosabatda bo‘lishning muhimligi borasidagi ekologik xabardorlikni oshirishga xizmat qiladi. Tashrif markazining bosh ko‘rgazma maydonchasida qo‘riqxonaning asosiy yovvoyi hayvonlari va faoliyat yo‘nalishlari; yovvoyi tabiat duch kelayotgan tahdidlar haqida so‘zlovchi stendlar qo‘yilgan; inspektorlar faoliyati, jumladan ilmiy xodimlar o‘tkazadigan muhim joriy tadqiqot ishlari va boshqa ko‘plab ma'lumotlar taqdim etilgan.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Tashrif markazining tantanali ochilishida quyidagi faxrli mehmonlar qatnashdilar:

  • O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kazbekov Jusipbek Sdikbekovich;
  • BMTTD Yevropa va MDH bo‘yicha Mintaqaviy byurosi direktorining o‘rinbosari Marina Uolter xonim;
  • BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matil'da Dimovska xonim;
  • Shaxrisabz shaxri hokimi Sulaymonov Akrom Isomiddinovich.
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Tadbirning ikkinchi qismi tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda bioxilma-xillikni asrashdagi zamonaviy yondashuvlar, jumladan IT-texnologiyalardan foydalanish mavzusiga bag‘ishlandi. Zamonaviy dunyoda qo‘llaniladigan samarali uslublardan biri uchuvchisiz parvoz apparatlaridan foydalanish sanaladi, ular turli xildagi, jumladan topografik va aerofotos'emka o‘tkazish orqali ma'lumotlar to‘plash va tahlil qilish imkonini beradi. Bu olingan ma'lumotlarning aniqligini oshiradi, ularni muayyan joyga bog‘laydi, kelgusi monitoring uchun ma'lumotlar dolzarb bazasini yaratish imkonini beradi.

Mana shunday uchuvchisiz parvoz apparatlaridan biri – Ford Transit BMTTD tomonidan Davekoqo‘m tasarrufiga topshirildi. Ford Transit – bu butun boshli majmua bo‘lib, unga quyidagilar kiradi:

  1. nihoyatda keng imkoniyatlarga ega uchuvchisiz parvoz apparati, u o‘simliklarni o‘rganish, hayvonlar hisobini yuritish, qonunbuzarliklarni qayd etish imkonini beradi;
  2. ma'lumotlarni to‘plash va tahlil qilish uchun barcha zarur jihozlar bilan ta'minlangan va Davekoqo‘m xodimlari brigadasini respublikaning istalgan nuqtasiga borishdagi mobilligini oshiruvchi avtomobil'.

Bajarilgan ishlar natijasida, tashrif markazi, o‘zining zamonaviy yechimlari va tadbirlar o‘tkazish uchun alohida zali bilan, gavjum maskanga aylanadi, natijada mahalliy o‘quv muassasalari o‘quvchilari, turli yoshdagi mehmonlarning bu yerda ko‘proq vaqt o‘tkazishga qiziqishlari ortadi. Bu esa, alohida qo‘riqlanadigan tabiat hududlariga nisbatan muhabbatni va minnatdorlikni singdirish hamda tarbiyalash maqsadlariga ijobiy xizmat qiladi.