Koronavirus haqida afsonalar. Kasallikni yuqtirib olmaslik uchun nimalarni bilish kerak?

12-May, 2020

UNDP Uzbekistan image

2020 yil 8 maydan boshlab O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi xavfi uchun rangli rejim joriy etildi. Qoraqalpog‘iston hali ham qizil ro‘yxatda. Orolb‘oyi mintaqasidagi qo‘shma dasturimiz vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari bilan Qarauzyak tuman markaziy kasalxonasida uchrashib, materiallarni topshirishdilar. Biz Toshkentdan koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish bo‘yicha bir qator informatsion materiallari - plakatlar, broshyura va flayerlarni Qoraqolpoq tilida yetkazib berdik. Barcha nashrlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida tayyorlangan bo‘lib mahalliy aholi bilan ishlaydigan tibbiyot ko‘ngillilariga topshirilmoqda. Shuningdek, 10 ta tumandagi do‘konlar, dorixonalar, poliklinikalar va boshqa ijtimoiy muassasalariga kirish joylariga joylashtiriladi.

Bosma materiallar bilan bir qatorda Karauzyak va Taxtakupir tumanlari aholisiga 1000 dona shaxsiy himoya vositalari topshirildi.

Karantin kunlarida 489 salomatlik masalalari bo‘yicha ko‘ngillilarimiz o‘z jamoalari aholisi bilan doimiy ravishda telegram kanali orqali onlayn formatida aloqada bo‘lishmoqda. Ular gigiyena qoidalari, o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga rioya qilishning ahamiyati, ijtimoiy masofa, shuningdek malakali mutaxassislarning shoshilinch maslaxati zarur bo‘lgan kasalliklarning birinchi alomatlari haqida aholini xabardor qilmoqdalar.