Oʻzbekistonda ilk bor bioxilmaxillikni saqlash boʻyicha ma’lumotlarni boshqarish tizimi joriy etiladi

20-February, 2019

BMT taraqqiyot Dasturi, Global ekologik jamgʻarma, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bioxilmaxillikni saqlash boʻyicha ma’lumotlarni boshqarish tizimini ishlab chiqish hamda oʻrnatish ishlari rejalashtirimoqda. Shu bilan birga, keng foydalanuvchi uchun ochiq Oʻzbekiston Respublikasi bioxilmaxillik boʻyicha Resurs markaz - internet-portali tashkil etiladi.

Atrof-muhit xaqida ma’lumot va muhim axborotlardan foydalanish xuquqi bioxilmaxillikdan oqilona foydalanish va saqlash milliy dasturlari hamda bioxilmaxillik sohasidagi AIChI global maqsadlarni (https://www.cbd.int/sp/targets/) amalga oshirishni qoʻllab quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda foydalanuvchiga atrof-muhit xaqida zamonaviy va retrospektiv ma’lumotlarni saqlash, soʻrash, koʻrish hamda taxlil qilish imkonini beruvchi zamonaviy axborot texnologiyalar majmuini oʻz ichiga olgan Atrof muhitni boshqarish ahborot tizimlari (EMIS) jahonda keng qoʻllanilmoqda. Axborotlarni saqlash va samarli foydalanishning bunday tizimi yordamida atrof-muhit xaqida ma’lumotlarni boshqarish va taxlil qilish imkoniyati yaratiladi.

BMT TD/GEJ va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Ekologiya qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilayotgan bioxilmaxillikni saqlash boʻyicha ma’lumotlarni boshqarish tizimi (BSMBT), hayvonot va oʻsimlik dunyosi (shu jumladan milliy va global yoʻqolayotgan hamda xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan hayvon va oʻsimliklar turlari), bioxilmaxillikka taxdidlar xaqida axborot beruvchi onlayn-resurs sifatida namoyon boʻladi. Axborot tizim orqali Respublikamiz tabiatni muhofaza qilish tizimini boshqarish extiyojlari uchun zaruriy ma’lumotlarni osonligicha olish, yangilash, muntazam kiritish xamda jamlash mumkin boʻladi.

BSMBT geoma’lumotlar asosida tuziladi. Boshqacha qilib aytganda, nuqtali geolokatsiyaga ega boʻlgan xaritalar, hamda biologik turlarning holati xaqida turli sifat va miqdoriy ma’lumotlar, xujjatlar (masalan turlarning soni va tarqalish areali boʻyicha, turlarni topish kvotlari boʻyicha ma’lumotlar va xk.). Shuningdek, ushbu axborot tizimi milliy qonunchilik va me’yorlarga muvofiq hayvon va oʻismliklarning ilmiy toʻplamlari hamda yerdan foydalanish shakllari xaqida ma’lumot beradi.

BSMBT Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Ekologiya qoʻmitasi bazasida Qoʻmita va boshqa bioxilmaxillik xaqida ma’lumotlarni toʻplovchi va taqdim etuvchi milliy hamkorlik agentliklari tomonidan foydalanish maqsadida oʻrnatiladi.

Hozirgi kunda Oʻzbekistonda BSMBTni ishlab chiqish va oʻrnatish uchun GeneGIS GI xalqaro tashkiloti jalb qilin. Ushbu tashkilotning vakili Oʻzbekistonga tashrifi doirasida BSMBT bilan ishlash maqsadlari va vazifalari yuzasidan asosiy manfaatdor shaxslar bilan qator maslaxatlar oʻtkazdi. Shu bilan birga mavjud holat taxlil qilinib, bioxilmaxillik xaqidagi bor ma’lumotlarning ochiqligi va sifati xatlanib, mavjud texnik (shu jumladan axborot texnologiyalari bilan) jihozlanganlik darajasi oʻrganildi, foydalanuvchilar hamda ma’lumotlar bazasiga ochiqlik bosqichlari aniqlandi. Axbortni boshqarish tizimi oʻrnatilgach, loyiha tomonidan tizimdan foydalanish boʻyicha qator treninglar oʻtkazilishi koʻzda tutiladi. 

Kelgusida BSMBT Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Ekologiya qoʻmitasiga muhofaza qilinayotgan tabiiy xududlar ichida va tashqarisida tabiiy resurslarni rejalashtirish va boshqarishda muhim yordam koʻrsatishi hamda bioxilmaxillikni saqlashda samarali vosita vazifasini bajarishi kutilmoqda.

***

BMT Taraqqiyot Dasturi, Global Ekologik Jamg'arma, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi bilan xamkorlikdagi «Oʻzbekistonning yuqori tog' ekotizimlarini tabiiy resurslari va bioxilma-xillikni saqlanishi hamda barqaror foydalanishni oshirish” loyixasi Oʻzbekiston Respublikasining G'arbiy Tyan-Shan va Pomir Oloy yuqori tog' ekotizimlarda tabiiy resurslarni saqlash va barqaror foydalanishda yordam koʻrsatishga qaratilgan. Bundan tashqari loyixa tomonidan muhim ekotizimlar, hayvonlarning turlari va yashash joylari xaqida sifatli ma'lumot olish vazifasi amalga oshiriladi. Olingan ma'lumotlar Davlat kadastriga birlashtirilib, erdan foydalanishni tarmoqli rejalashtirishda hamda ushbu tog' xududlarga taaluqli qarorlarni qabul qilishda koʻmak beradi.