Bugungi Qishloq Ayollarining Hikoyalari

Bugungi Qishloq Ayollarining Hikoyalari

15-October, 2023

Qishloq ayoli... o‘zi kim? Uni har kim har xil tasvirlaydi. Kimdir uni yuzlari oftobda qoraygan, qo‘llari mehnatdan qadoq bo‘lgan, so‘zlaganda tortinib turadigan ayol sifatida tasvirlaydi. Aslini olganda esa, u qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavsizligiga munosib hissa qo‘shayotgan MЕHNATSЕVAR, MATONATLI, KUCHLI AYOL! U bugun iqlim o‘zgarishiga moslashish va yashil iqtisodiyot sari ildam qadam tashlab, o‘z hududida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Xalqaro Qishloq ayollari kuniga bag‘ishlab, ularning kechinmalari, taqdiri, o‘y-xayollari, umr saboqlari va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi hikoyalari jamlanmasi tayyorlandi. Ushbu kitobda Uzbekistonning turli viloyatlaridagi 22 ta zamonaviy qishloq ayolining bugungi hikoyalari bilan tanishishingiz mumkin.