250 kVt.li transformator nimstansiyasini o‘rnatish “Oybarak” QFYda ekologik barqarorlikni ta'minlaydi

2-June, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Surhondaryo viloyati Denov tumani “Oybarak” qishloq fuqarolar yig‘inida 255 ta uy joylashgan bo‘lib, unda 1532 nafar aholi yashayd. “Oybarak” QFY hududi mahalliy aholisining aksar qismi chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi Hisor davlat tog‘-archa qo‘riqxonasi bufer zonalari bilan chegaradoshdir. Bugunga qadar “Oybarak” QFY 63 kVt quvvatiga ega, uzoq 1970 yilda o‘rnatilgan va allaqachon eskirgan bittagina transformator nimstansiyasi bilan ta'minlangan edi.

Ushbu mintaqada gaz ta’minoti bo‘lmaganligi sababli, aholi taom tayyorlash va yilning sovuq davrida o‘z uylarini isitish uchun ham elektr energiyadan foydalanadi. Eskirgan transformatorning quvvati yetishmasligi tufayli, elektr energiyasida muntazam uzilishlar ro‘y beradi, ular bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin bo‘lardi. Buning oqibatida mahalliy aholi qishloq atrofida o‘suvchi buta va daraxtlarni kesishga majbur bo‘lardilar, holbuki ular orasida “Qizil kitob”ga kiritilgan turlar ham bo‘lib, bu tabiiy ekotizimga salbiy ta'sir ko‘rsatib, ularning muvozanatdan chiqishiga olib keladi. Shuningdek, uzoq muddatli istiqbolda, mahalliy aholi yong‘oq, mevalar, sabzavotlar, qo‘ziqorin, giyohlar va boshqa hayotiy muhim mahsulotlarni boy beradilar, chunki daraxtlar kesilishi va yaylovda boqilayotgan sanoqsiz chorva o‘simliklarga tabiiy tarzda o‘zini tiklab olishga imkon bermaydi.

Zokir aka Rahmonov, “Oybarak” QFY raisi

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

BMTTD/GEF va O‘zDavekoqo‘mning “Global ahamiyatga ega bioxilma-xillik uchun muhim asosiy tog‘li hududlarda tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va o‘rmonlarni boshqarish” qo‘shma dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihaga texnik ko‘mak olish to‘g‘risida ariza topshirgan “Oybarak” QFY raisi Zokir aka Rahmonov tufayli, shuningdek, malakali mutaxassislar ishtirokida jihoz sotib olindi va 250 kVt.li transformator nimstansiyasi o‘rnatildi. U 255 ta uyni uzluksiz yorug‘lik bilan ta'minlaydi.

Ma'lumki, uy ishlarining katta qismini ayollar va bolalar bajaradilar, uyni isitish va taom tayyorlash uchun o‘tin yetishmasa, aynan ular o‘tin izlashga chiqadilar, bu esa vaqtlarini oladi. Endi “Oybarak” QFYda yashovchi ayollarda o‘qish, tikish, ota-onalar va bolalar bilan suhbatlashish yoki boshqa ishlarni qilishga ko‘proq vaqtlari bo‘ladi.

“Oybarak” QFYda yashovchi  Egamberdieva Shirin Yo‘ldoshevna mahalliy maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. U endi maktab o‘quvchilari o‘qishida qiyinchilik bo‘lmasligini quvonib qayd etadi. “Elektrning mudom uzilib qolishidan, bolalar to‘laqonli tahsil ololmasdilar. Biz ta'lim berishga, ayniqsa informatika kabi muhim fanni o‘tishda qiyinchilik sezardik, chunki kompyuterlar uchun uzluksiz elektr energiyasi kerak bo‘ladi. Farzandlarimizning bolaligi butunlay boshqacha o‘tishidan juda mamnunmiz”.

Egamberdieva Shirin Yo‘ldoshevna, “Oybarak” QFYda yashovchi

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Ushbu Loyihani amalga oshirish doirasida, daraxtlardan o‘tin sifatida foydalanishning to‘xtatilishi ular halokatining oldini oladi, atmosferaning sanoat va boshqa zararli gazlar bilan ifloslanishini to‘xtatadi, mahalliy aholi e'tiborini mehmon uylari tashkil etish va ichki turizmni rivojlantirish kabi muqobil daromad manbalariga qaratishi mumkin bo‘ladi, bolalar esa istalgan vaqt zamonaviy ta'limga oshno bo‘la oladilar.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston
"Farzandlarimizning bolaligi butunlay boshqacha o‘tishidan juda mamnunmiz”.
Egamberdieva Shirin Yo‘ldoshevna