Orolbo'yi mintaqasi uchun koʻpsheriklik trast fondi

Orolbo'yi mintaqasi uchun koʻpsheriklik trast fondi

14-February, 2019

Orolbo'yi mintaqasi uchun koʻpsheriklik maqsadli fondi qanday ishlashiga qiziqqanmisiz? Unga a’zo boʻlishni istaysizmi? Mazkur infografikada fond afzalliklari, jamgʻarma ishining moliyaviy mexanizmi va boshqaruv tuzilmasini aks ettirilgan.

Orolbo'yi mintaqasi uchun koʻpsheriklik trast fondi - ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, gumanitar va boshqa sohalardagi murakkab muammolarni hal qilishga qaratilgan jamoaviy moliyalashtirish innovatsion mexanizmi.

Orolboʻyi hududi uchun fondning tashkil qilinishi mahalliy aholi turmush salohiyatini oshirish, infratuzilmani takomillashtirish, tadbirkorlik va xususiy sektor uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarining samaradorligini oshirishga, mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik vaziyatni yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda. Dengizku ketdi, odamlar yashamoqda. 

Kelinglar tashabbuslarimizni birlashtiraylik!

*“Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” Qoʻshma dasturi tomonidan tayyorlangan.