Toshkentda iqlim o’zgarishi va barqarorlik masalalari bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida yuqori darajadagi muloqot o’tkaziladi

23-November, 2022

 

2022-yil 2-dekabr kuni Toshkent shahrida “Global bilimlardan mahalliy yechimlar sari: Markaziy Osiyodagi iqlimga o'zgarishiga barqaror institutlar” shiori ostida yuqori darajadagi mintaqaviy muloqot o’tkaziladi. 

Mazkur tadbir O‘zgidromet, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqarorlik” loyihasi doirasida va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatning “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 2022-yil Qirg’izistonda boʻlib oʻtgan to’rtinchi Maslahat uchrashuvida “Markaziy Osiyo uchun «Yashil» kun tartibi” mintaqaviy dasturi tashabbusi ilgari surildi. Tashabbus doirasida iqtisodiyotni karbonsizlantirish, suv tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni keng joriy qilish, shuningdek, mintaqaning eng dolzarb ekologik va iqlim muammolarini hal qilishda BMT platformasidan foydalanish ta’kidlandi.

Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar mintaqani Yevropa Ittifoqining bir qismi sifatida, ham global siyosatni rivojlantirish bo'yicha Yevropa konsensusida ko'rsatilgan iqlim o‘zgarishini yumshatish va unga moslashish o‘rtasidagi o’zaro muvozanatni ta’minlash bo’yicha qo'shma chora-tadbirlar olib bormoqda.

Konferensiyada Markaziy Osiyo davlatlarining iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xavf-xatarlarga nisbatan iqlim siyosati taqdimoti va ushbu yo’nalishda keng qamrovli muloqot tashkil etilishi kutilmoqda. Shuningdek, muloqotda barcha manfaatdor tomonlar bilan birgalikda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish orqali iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlarga barqarorlikni oshirish bo‘yicha uzoq muddatli rejalar ko‘rib chiqiladi. 

Tadbirda ishtirok etish uchun davlat organlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, mutaxassis va ekspertlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, xususiy sektor vakillari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va OAV vakillari taklif etiladi.

Iqlim o'zgarishiga nisbatan chidamlilikni oshirish, suv, energiya va oziq-ovqat sektorlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik, bilimlarni boshqarish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash tadbirda ko’zda tutilgan to’rtta panel sessiyalarining sosiy mavzularidir.

Mazkur tadbir haqida batafsil ma’lumot olish uchun havolaga oʻting. Onlayn ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’ting.