O‘zbekistonda davlat muassasalari uchun gender tengligi nishoni ishga tushirildi

Ushbu tashabbusni O‘zbekistonda ilk bor qabul qilgan muassasasi Davlat bojxona qo‘mitasi bo‘ldi

19-October, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Bugun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi komissiyasi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʼmitasi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʼmitasi bilan hamkorlikda xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda davlat organlari orasida gender tengligini taʼminlash maqsadida, “Davlat muassasalarining gender tenglik nishoni” dasturi O’zbekistonda ishga tushirildi.

Davlat bojxona qo’mitasi O’zbekistonda va Markaziy Osiyoda ilk bora dasturni qo’llagan davlat muassasasidir. “Davlat muassasalarining gender tenglik nishoni” dasturining asosiy maqsadi - davlat siyosatida gender masalalari hisobga olinishi hamda uning samarali, natijador va insonlarning, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarning ehtiyojlariga yoʼnaltirilgan boʼlishini taʼminlashdan iborat. Xususan, dastur doirasida davlat muassasalariga oʼz salohiyatini kuchaytirish va gender tengligini yanada samarali taʼminlash uchun amaliy asos taqdim etiladi.

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva mazkur dastur O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash bo‘yicha Milliy strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiladi hamda nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda o‘rnak bo‘lishini ta’kidladi. Tanzila Norboeva o’zining nutqida gender tengligi faqatgina ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat emasligini ta’kidladi. “Gender tengligini ta’milash va unga erishish erkaklarning imkoniyatlarini ham kengaytiradi va butun jamiyatga foyda keltiradi.”

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskaning ta’kidlashicha, Gender tenglik nishoni mamlakatning xalqaro majburiyatlarini va gender tengligini ta’minlash bo‘yicha faol targ‘ibotini bevosita qo‘llab-quvvatlaydi. “O‘zbekiston ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, reproduktiv salomatlikni yaxshilash va gender asosidagi zo‘ravonlikka barham berish majburiyatini o'z zimmasiga oldi”, — deb aytdi. "Bu esa gender tenglik tomon yo'nalishda muhim qadamdir."

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Davlat muassasalarining gender tenglik nishoni mexanizmi quyidagilarni ta’minlash orqali davlat institutlarini qo’llab-quvvatlaydi: (i) Dasturni amalga oshirish jarayoni davomida gender masalalari boʼyicha doimiy va ixtisoslashgan yordam; (ii) Gender tengligi sohasida salohiyatni oshirish; (iii) Davlat muassasalariga Dasturning onlayn platformasidan minimal toʼlov evaziga foydalanish imkoniyatini taqdim etish, (iv) Davlat muassasalaridagi gender tengligi sohasi faollarini global hamjamiyatga integratsiya qilish hamda orttirilgan tajriba va saboqlarni almashish; (v) Gender masalalari hisobga olingan va innovatsion davlat muassasalari sifatidagi milliy, mintaqaviy va global imijni yaxshilash.

BMT Taraqqiyot dasturining “Davlat muassasalarining gender tenglik nishoni” dasturi gender masalalari boʼyicha milliy maslahatchisi Nodira Azizova Davlat bojxona qoʼmitasi tomonidan erishilishi va amalga oshirilishi lozim boʼlgan asosiy maqsadlar, bosqichlar va mezonlarni taqdim etdi. Dastur orqali BMTTD davlat institutlariga GES standartlari talablari asosida gender tafovutlarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan bir qator maxsus tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam beradi. Dastur yakunida aniq natijalarga erishish asosida Davlat bojxona qo‘mitasi bronza, kumush yoki oltin gender tengligi muhriga ega bo’ladi. Dastur yakunida erishilgan natijalar asosida Davlat bojxona qoʼmitasiga gender tengligining bronza, kumush yoki oltin muhri taqdim etiladi.

BMTTD “Davlat muassasalarining gender tenglik nishoni” dasturining global koordinatori Ana Mariya Landa Ugarte xonim dasturning muvaffaqiyatli tajribasi bilan oʼrtoqlashar ekan, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʼmitasi jahon bojxona sohasida gender tenglik muhrini joriy etish boʼyicha ikki yetakchidan biri sifatida, bojxona hamda global davlat boshqaruvi hamjamiyatida gender tengligini taʼminlashda tenglashishga arzigulik tashkilot boʼlish uchun noyob imkoniyatga ega ekanini taʼkidladi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi, bojxona xizmati general-mayori Otabek Choriev gender tengligini ta’minlashda va xotin-qizlar huquqlarini kengaytirishda Davlat bojxona qo’mitasi  tomindan olib borilayotgan sa’y-harakatlarini yana bir bor tasdiqladi. Xususan, tashkilotning gender salohiyatini mustahkamlash, xalqaro va milliy kelishuvlar hamda majburiyatlar asosida standartlar va ko'rsatkichlarni belgilash.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Mamlakatdagi koʼplab boshqa davlat tashkilotlari ham “Gender tenglik nishoni” dasturiga qiziqish bildirmoqda. Jumladan, bugun Moliya vazirligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi ushbu dasturda ishtirok etish hamda Oʼzbekistonda Gender tengligiga erishish Milliy strategiyasini amalga oshirish va BRMga erishishga hissa qoʼshishdan manfaatdor ekanini bildirdi.